"Real Madrid" - CHempionlar Ligasi g'olibi!
02 iyu 01:59
Yangiliklar
"Real Madrid" - CHempionlar Ligasi g'olibi!
CHempionlar Ligasi
Final
"Borussiya Dortmund" – "Real Madrid" 0:2
1 iyun, 22.00, "Uembli"
Gollar: 0:1 – 74 Karvaxal, 0:2 – 83 Vinisius Junior.
"Borussiya" – Kobel, Ryuerson, Xummels, SHlotterbek, Matsen, Zabitcer, Jan (Malen, 80), Brandt (Aller, 81), Sancho (Bayno-Gittens, 87), Adeyemi (Roys, 72), Fyullkrug.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 86), Valverde, Kamavinga, Bellingem (Xoselu, 85), Vinisius Junior (Vaskes, 90), Rodrigo (Militao, 90).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (35), SHlotterbek (40), Zabitcer (43), Xummels (79).
Borussia Dortmund |
Champions League Final Stage . Final-tur 02/06/2024, 01:00 2
:
0
Tugadi
|
Real Madrid Daniel Carvajal - 74', Vinicius Junior - 83' |
Stadion: Wembley, 86212 tomoshabin
Bosh hakam: Slavko Vincic
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi! "Real Madrid" yana UEFA CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi!
Kurtua birinchi vaziyatda to'pni qaytarib yubordi, keyingisida esa to'liqligicha ushlab oldi.
90+5-daqiqa. Marko Roysning uzatmasidan keyin Militao to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi.
90+4-daqiqa. Mendi raqibini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Standart vaziyat.
90+3-daqiqa. Qarshi hujumda Vinisius ko'pchilikni o'ziga yaqin kelishga majbur qilib, bo'sh zonaga Modrichga to'pni tashlab bermoqchi bo'ldi, himoyachilar ishonchli o'ynashdi.
90+2-daqiqa. Vaqtni "o'ldirayotgan" Karvaxal va Kurtua raqibga ruhiy bosim ham o'tkazmoqda.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!
90-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Eder Militao maydonga tushirildi.
89-daqiqa. Karvaxal himoyada ishonchli o'ynadi va to'p Malendan chiqib ketishini taminladi.
88-daqiqa. GOOOOOL! Lekin Fyullkrug o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.
86-daqiqa. O'zgarishlar! Jud Bellingem o'rniga Xoselu. SHuningdek, Toni Kroos maydonni tark etdi! Afsona endi to'liqligicha "Real"dagi faoliyatini yakunladi! Uning o'rniga Luka Modrich maydonga tushdi.
83-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Vinisius JUNIOR! Bellingemning uzatmasidan keyin Vinisius Junior oradagi farqni ikkitaga oshirdi!
82-daqiqa. Kobeldan ketma-ket ikkita dahshatli seyv!
81-daqiqa. Emre Jan va Yulian Brandt o'rniga Sebastyan Aller hamda Doniel Malen o'yinga qo'shildi.
80-daqiqa. Jarima zarbasini Kroos amalga oshirdi va Gregori Kobel qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
79-daqiqa. Ogohlantirish! Mats Xummels jarima maydonchasi oldida Kamavingani "chopdi".
"Real" gol urib oldi, endi "Borussiya" ochilishga majbur! Oxirgi 15-20 daqiqa yonishi aniq!
74-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! DANI Karvaxal hisobni ochmoqda. Golli uzatma esa kimdan? Albatta, Toni Kroosdan!
73-daqiqa. Vinnidan ajoyib fint, Royersen uyalib qoldi... Lekin to'pga takror tashlangan Xummels to'pni tepib yubordi.
72-daqiqa. O'zgarish! Karim Adeyemi o'rniga Marko Roys o'yinni davom ettiradi.
Marko Roys maydonga tushishga deyarli tayyor bo'lib, oxirgi ko'rsatmalarni olmoqda.
69-daqiqa. Uxx! Vinisiusdan nozik uzatma va Bellingem qanchalik urinmasin to'pga eta olmabdi, ammo Kobel ham chalg'ib qoldi, biroq to'p baribir darvoza to'riga borib tushmadi.
65-daqiqa. "Borussiya" qarshi hujumga o'tib keta olmadi.
63-daqiqa. Niklas Fyullkrug boshi bilan zarba berdi, lekin Tibo Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi.
57-daqiqa. Karvaxal o'yinda hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.
48-daqiqa. "Real" ikkinchi taym faolroq boshladi.
46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi!
45+5-daqiqa. Bo'lidmagi birinchi burchak zarbasini ham, oxirgisini ham germaniyaliklar amalga oshirishdi. Lekin uzatmadan keyin Valverde boshi bilan to'pni uzoqlashtirdi va hakam hushagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.
45+4-daqiqa. Bellingem himoyachilarga yordam kelib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.
45+2-daqiqa. "Real" xotirjam to'pni nazoratida ushlab turibdi va hujum uchun qulay fursat poylamoqda.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi!
43-daqiqa. Ogohlantirish! To'p uchun kurashda Zabicer Ferlan Mendiga nisbatan fol ishlatdi. Qizig'i, Marsel ham gaplari uchun, keskin munosabati uchun ogohlantirilmoqda.
42-daqiqa. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.
41-daqiqa. Zabicerning zarbasidan keyin Tibo Kurtua seyv amalga oshirdi.
40-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga keragidan ko'p gapiravergani uchun Niko SHlotterbekka kartochka ko'rsatildi.
39-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan hujumga o'tayotgandi, ammo Karvaxal to'pni egallashiga raqib himoyachilari imkon qoldirishmadi.
37-daqiqa. Tibo Kurtua to'pni egallab olib, jamoasining yangi hujumini boshlab berdi.
35-daqiqa. Ogohlantirish! Pressingda to'pga ulgurmay, raqib darvozabonini maydonga qulatgani uchun Vinisius sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
33-daqiqa. Borussiya" futbolchilari hujumda fol ishlatishdi. Jabrlanuvchi — Ferlan Mendi.
31-daqiqa. Valverde bir oyog'i bilan to'pni, ikkinchisi bilan esa Karim Adeyemining oyog'ini tepdi. Hakam vaziyatga yaqin turgandi — fol.
30-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin to'pni egallab, uni shunchaki tepib yubormagan "arilar" qarshi hujumga o'tib ketishdi va Mendining faolligi tufayligina bu hujum oxiriga etmay qoldi.
29-daqiqa. Hujumga qo'shilgan Karvaxal burchak zarbasi ishlab oldi.
28-daqiqa. Karim Adeyemi yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu safar Tibo Kurtua jamoasini qutqardi.
Emre Jan jarohat olgan ko'rinadi. Futbolchi maydonga o'tirib oldi.
23-daqiqa. Ajoyib o'yin guvohiga aylanyapmiz. "Real" jarima maydonchasi ichida avvaliga "Borussiya" futbolchilari uzatmalarni amalga oshirishgan bo'lsa, keyin to'pni olib qo'ygan "Madrid" vakillari ham bu ishni davom ettirishdi. Kroos sal qolsa raqibning goliga "assist" vazifasini bajarib berardi.
21-daqiqa. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat "Real" darvozasi oldida yuz berdi. Mats Xummelsning ajoyib uzatmasidan keyin Adeyemi birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Kurtuani chetlab o'tdi, lekin ortidan quvlat etgan Karvaxal zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
18-daqiqa. Zabicer to'p uchun kurashda Bellingemga nisbatan fol ishlatdi.
17-daqiqa. "Borussiya" to'pni nazorat qilmoqda.
15-daqiqa. "Real" raqib darvozasiga yo'l izlamoqda. Vinsius zarba berdi, lekin noaniq.
14-daqiqa. Fyullkrug jarima maydonchasi ichiga kirib, to'pni qabul qildi va orqaroqdan kelayotgan Brandtni ko'rdi, Yulinaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
12-daqiqa. Bir nechta uzatmadan keyin Valverde zarba berishga imkon topdi, ammo uning urinishi qovushmadi.
9-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.
7-daqiqa. Burchakdan uzatma va zarbadan keyin Kroos to'pni uzoqlashtirdi, nemislarning takroriy urinishi omadsiz chiqdi.
6-daqiqa. Ferlan Mendi to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.
Vinsiusning dastlabki urinishi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin to'p maydondan chiqib ketib qoldi.
3-daqiqa. Bo'ldi, o'yin davom etadi.
Uchrashuv boshlandiyu, maydonga unda bo'lishi kerak bo'lmagan inson tushib ketdi... "Pauza"...
O'YIN BOSHLANDI!
Sardorlar — Nacho va Emre Jan esdalik sovg'alarini alishib olishdi.
Endi navbat musobaqa madhiyasiga...
Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi.
Zinedin Zidan hamrohi bilan UEFA CHempionlar Ligasi kubogini maxsus tayyorlangan joyga olib chiqib qo'yishdi.
O'yin tabiiyki hali boshlanmadi. Ayni daqiqalarda "Uembli"da diskoteka bo'lyapti.
ECHL. "Borussiya Dortmund" - "Real Madrid": Finaldan keyin kimning ko'chasida bayram bo'ladi?
Fikrlar