So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

"Borussiya" Myonxengladbax yoqimsiz seriyaga chek qo'yadimi? Yangiliklar

"Borussiya" Myonxengladbax yoqimsiz seriyaga chek qo'yadimi?

Germaniya Bundesligasining 17-tur doirasidagi dastlabki bahs bugun tunda "Borussiya" M - "Gamburg" o'rtasida kechadi.

"Borussiya" Myonxengladbax "Bavariya"ni mag'lub etgach ketma-ket uch o'yindirki g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. "Borussiya" mehmoni bo'ladigan "Gamburg" ham so'nggi uchta uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olgani yo'q.

"Borussiya-Park"da bugun to'qnash keladigan har ikkala jamoa g'alaba tamini sog'inib qolgani aniq.

Diter Xekking jamoasi uchun bugungi g'alaba turnir jadvali nuqtai nazaridan ham ancha ahamiyatli. Jamoa so'nggi uchta turdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli "kuchli-uchtalik"ni tark etib, 8-pog'onaga tushib ketdi.  "Gamburg"da ham shu holat. Ularni sharoitlari yanada og'irroq. Muvaffaqiyatsiz seriya tufayli "Gamburg" xavfli hududga tushib ketdi. Bugungi g'alaba esa ularni ushbu "hudud"ni tark etishlari yordam berishi mumkin.

Aynan shu jihatlarni hisobga oladigan bo'lsak, tarixan ancha katta qarama-qarshilik keskin kurashlarga boy kechadi.

Ertaga esa Bundesliganing 17-turidan o'rin olgan qolgan bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Unda peshqadam "Bavariya" "SHtutgart"da mehmon bo'ladi. Yupp Xaynkess qo'l ostida "Bavariya" allaqachon qishki chempionlikni hal qilib bo'lgan. "SHtutgart" esa o'z uyida joriy mavsumda faqatgina bir marotaba mag'lubiyaga uchragan. Ushbu mag'lubiyatni jamoa yaqindagina "Bayer"ga qarshi bahsda qabul qilib olgandi.

Italiyalik yosh mutaxassis Domeniko Tedesko boshqaruvida o'z mavqeini ancha tiklab olgan, ayni paytda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan "SHalke" Frankfurtga safar qiladi. "Ayntraxt" uy jamoasi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, bu turda "SHalke"ga oson bo'lmaydi.

Peter Boshshni istefoga chiqargan va uning o'rniga boshqa Peterni olib kelgan "Borussiya" esa nihoyat o'tgan turda uzoq davom etgan noxush seriyaga barham bergandi. "Kyoln"dan quvg'in qilingan Peter SHtoger qo'l ostida g'alabani nishonlagan "Borussiya" Dortmund bu gal "Xoffenxaym"ni qabul qiladi. Bu to'qnashuvda yaxshi kayfiyat dortmundliklarga qo'l kelishi mumkin. "Xoffenxaym" esa Dortmundda 4 yildan buyon g'alaba qozona olmayapti. 

Birinchi davraning oxirgi o'yini esa yakshanba kuni "Leypcig" hamda "Gerta" o'rtasida bo'lib o'tadi.


Bundesliga, 17-tur.
15 dekabr, juma
"Borussiya" Myonxengladbax - "Gamburg" (00:30)

16 dekabr, shanba
"SHtutgart" - "Bavariya" (19:30)
"Augsburg" - "Frayburg" (19:30)
"Ayntraxt" - "SHalke" (19:30)
"Verder" - "Maync" (19:30)
"Kyoln" - "Volfsburg" (19:30)
"Borussiya" Dortmund - "Xoffenxaym" (22:30)


17 dekabr, yakshanba
"Gannover" - "Bayer" (19:30)
"Leypcig" - "Gerta" (22:00)




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика