Bundesliga. Intriga o'ldi-mi? "Bavariya" "Der Klassiker"da "Borussiya Dortmund"ni mag'lub etib, jadvalda undan 11 ochko oldinlab ketdi
01 mar 01:05
Yangiliklar
Bundesliga. Intriga o'ldi-mi? "Bavariya" "Der Klassiker"da "Borussiya Dortmund"ni mag'lub etib, jadvalda undan 11 ochko oldinlab ketdi
Germaniya Bundesligasi 24-tur doirasidagi "Borussiya Dortmund" - "Bavariya" o'yini bo'lib o'tdi.
Mezbonlar o'yinchisi Niko Shlotterbek 26-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. “Bavariya” shundan so'ng Xarri Keynning 54 va 70-daqiqalarda urgan golli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo, Daniel Svensson 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Joshua Kimmix 87-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, myunxenliklarga uch ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.
“Bavariya” Bundesligada 24 o'yindan so'ng 63 ochko jamg'argan holda birinchi, “Borussiya Dortmund” esa 52 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar