Bonuchchi diskvalifikaciya qilinishi mumkin
13 jan 2022 21:36
Yangiliklar
Bonuchchi diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Yuventus"ning tajribali himoyachisi Leonardo Bonuchchi sankciyalarga duch kelishi mumkin.
Hodisa Italiya superkubogi uchun kechgan o'yin oxirida futbolchining "Inter" kotibi Kristiano Mocciloni turtib yuborganidan keyin sodir bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, Bonuchchiga Aleksis Sanchesning bahs so'nggida urgan goli uchun Mocciloning nishonlashi unchalik yoqmagan.
Himoyachi "Mening ko'z o'ngimda nishonlama, nima qilyapsan? Men seni o'ldiraman!", deya baqirgan.
Endi bu voqea tartib-intizom komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilsa, Leonardo Bonuchchi diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, qo'shimcha bo'limning ikkinchi bo'limida Aleksis Sanches "Inter"ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar