So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Bolaligida picca sotib, biznes bilan shug'ullangan, hozir esa superagentga aylangan Mino Rayola Yangiliklar

Bolaligida picca sotib, biznes bilan shug'ullangan, hozir esa superagentga aylangan Mino Rayola

Bugungi kunda futbol olamida Mino Rayola nomi barchaga tanish. Rayola bu darajaga qanday etdi? Mijozlarining to'la ishonchiga qay tariqa erishdi?

Bu haqda Sky Sports alohida material tayyorladi. Biz esa uni sizlarga taqdim qilmoqchimiz.

Agentlarni ko'pchilik yoqtirmaydi, go'yoki ular futbol dushmani hisoblanadi. Bu kabi fikrlar qahramonimizga juda mos keladi. Biznes salohiyati bo'yicha Mino hamkasbi Jorje Mendesh soyasida qolib ketayotgan bo'lsa-da, u yaxshi ishlarni bajarmoqda. Mendesh bilan farqli jihati shuki, Rayolani yomon ko'radigan mutaxassislar talay topiladi. Xususan, “Manchester Yunayted”ni uzoq yillar davomida boshqargan Ser Aleks Fergyuson ham Rayolaga bo'lgan nafratini hech qachon yashirmagan. 

“Futbol olamida menga yoqmaydigan bir nechta agentlar bor. Ulardan biri so'zsiz Pol Pogba agenti Mino Rayoladir. Bizda Pogba bilan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo'lgan uch yillik kelishuvimiz bor edi. Jarayon silliq davom etayotgan bir vaqtda uning vakili Rayola katta sahnaga chiqdi. U bilan birinchi uchrashuvimiz muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tushunarliki, biz uni qo'ldan chiqardik. Rayola franciyalik futbolchining oila azolari ishonchini qozona olgandi. Natijada, u “Yuventus” bilan shartnoma imzoladi”, – deya fikr bildirgandi Fergyuson. 

Mana shunday salbiy fikrlar bo'lsa-da, futbolchilar Rayolani yoqtirishadi hamda u bilan ishlashni istashadi. CHunki Pogba “Yuventus”da superyulduz darajasiga etdi hamda “Manchester Yunayted”ga qaytishi uchun ingliz klubi juda katta mablag' sarfladi. 

Zlatan Ibragimovich Minoga faoliyatini ishongan. Ular shu vaqtga qadar hamkorlikda ishlab kelishmoqda.

"Agentimning qanday ko'rinishda bo'lishini ochig'i bilmasdik. Nazarimda, agentim xuddiki, kostyum-shim kiyib olgan va qo'liga qimmatbaho soatni taqib olgan biror kishi bo'lsa kerak, degan taxmin bo'lgan. Biroq taxminlarimga zid bo'lgan boshqa kishini ko'rdim. Qorindor, jinsi shim va "Nike" futbolkasini kiyib olgan oddiy odam. U bilan uchrashib, restoranga borgan vaqtimizda, u nima buyurtma berganini bilasizmi? Avokadoli sushi-roll va qisqichbaqaga buyurtma berdi. Oficiantlar buyurtmamizni ulkan laganda olib kelishdi. Buni ko'rib, kamida besh kishi ovqatlansa kerak, degan taxmin paydo bo'ldi. Biroq Minoning bir o'zi barchasini paqqos tushirdi”, – deya eslaydi Ibragimovich. 

Kelib chiqishi Italiyadan bo'lgan niderlandiyalik agent mijozlarini doimiy ravishda himoya qilib keladi. Bu jihati bilan u ancha mashhur insonga aylangan. 

“Futbolchilar Minoni ajoyib yigit deb o'ylashadi. Negaki, u mijozlari uchun eng yaxshi kelishuvlarni amalga oshirib keladi. Ko'pchilik uni futbol dushmani deb hisoblaydi. Top-darajadagilar nega unga ishonch bildirishlarini to'liq tushunish uchun Minoning faoliyati qanday boshlanganiga etibor qarating”, – deb eslaydi Rayolaning sobiq mijozi Mixel Krek.

Mino bolaligida Garlemdagi ota-onasining picca tayyorlaydigan kafesida ishlagan. U biznes borasida ham yuqori salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 17 yoshida Italiya bozorida Niderlandiya kompaniyalari uchun rivojlanish imkoniyatarini taqdim qiluvchi Intermezzo firmasiga asos soldi. Uning takidlashicha, u dastlabki millionlarini aynan shu sohada qo'lga kiritgan. 

Qiziquvchanligi va tinim bilmasdan ilm izlashga oshnoligi tufayli agent sifatida faoliyatini boshlashiga imkoniyat berdi. Deylik, u Dennis Bergkampning “Inter”ga o'tishida bevosita ishtirok etdi. Bergkamp transferi Rayola uchun birinchisi emas edi. U o'sha yili Marsiano Vinkning "Jenoa"ga o'tishiga ko'maklashdi. Bundan bir yil muqaddam esa Brayan Royni “Fodja”ga transferida bevosita qatnashgandi.

"Mino italyan tilini yaxshi bilgani uchun ham mening “Fodja”ga o'tishimda ishtirok etdi va muzokaralarni olib bordi. SHartnoma imzolanganidan so'ng u meni aslo yolg'izlatib qo'ygani yo'q. Doimiy ravishda menga hamrohlik qildi", – dedi Roy.

Aytishlaricha, Mino "Fodja"da mijoziga olti oy davomida g'amxo'rlik qilgan. Buni Roy ham mamnuniyat bilan tasdiqlaydi. 

“Biz bir necha oy davomida mehmonxonada qo'shni bo'lib istiqomat qildik. Keyinchalik men o'zimga doimiy turadigan xonadon topdim. Bunda albatta, Mino yordam berdi”, – deya qo'shimcha qiladi Brayan Roy.

Qahramonimizning qanday darajadagi agent ekanini "Lacio", "Roma" va "Napoli" kabi klublarda ishlagan taniqli chexiyalik murabbiy Zdenek Zeman ham oshkor qilgan. 1996 yilda Rayola chexiyalik Pavel Nedvedni "Sparta"dan "Lacio"ga o'tishiga yordam berdi. Malum vaqtdan so'ng Nedvedning “Yuventus”ga qo'shilishida ishtirok etdi. Pavel turinliklar safida 2003 yilda “Oltin to'p” sovriniga ega bo'ldi. 

Uning agentlik kompaniyasi kichik bo'lib, uni Rayolaning shaxsan o'zi boshqaradi. Vositachilik ishini boshlaganiga 20 yildan ziyod bo'lsa-da, u haligacha yirik kelishuvlarni amalga oshirib kelmoqda. Ko'plab top-jamoalar Rayola bilan gaplashishda muammolarga duch keladi. Bunga qaysidir manoda uning xizmat haqi juda yuqori ekani sabab bo'ladi. Lekin bu hali hammasi emas. Hali Erlin Xolandning transferi futbol tarixida rekordlardan biri bo'lishi mumkin. Bu esa qahramonimizni ham yanada boyitadi.

Samandarbek tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика