Bolalar futboli. “Yoz o'tmoqda soz” musobaqasi endi Qashqadaryoda
09 iyu 2018 16:35
Yangiliklar
Bolalar futboli. “Yoz o'tmoqda soz” musobaqasi endi Qashqadaryoda
Bolajonlar yozgi tatilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini taminlash uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Ushbu futbol musobaqasining navbatdagisi Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi “Mirzo Ulug'bek” dam olish oromgohida bo'lib o'tdi. Musobaqada oromgohda dam olayotgan bolalar faol ishtirok etishdi.
Bolajonlar jamoalarga bo'lingan holda yashil maydonda bellashdilar. Musobaqa yakunida g'oliblarga O'FA tomonidan esdalik sovg'alari taqdim qilindi.
Fikrlar