So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Bolalar futboli: Kuchlilar Samarqandga sayohatga borishadi Yangiliklar

Bolalar futboli: Kuchlilar Samarqandga sayohatga borishadi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Katta Yangiobod” mahallasida futbol bo'yicha “Xotira va Qadrlash kuni”ga bag'ishlangan bolalar va o'smirlar o'rtasida Hokim kubogi turniri bo'lib o'tdi.

Ilk marotaba uyushtirilgan mazkur musobaqa 198-sonli umumtalim maktabi suniy qoplamali stadionida o'tkazildi.

Tuman hokimligi va “Yashnobod” professional futbol klubi hamkrligida tashkil etilgan turnirda Yashnobod, Bektemir hamda Mirobod tumanlari bolalar va o'smirlar futbol maktablari, shuningdek, mahallalarning 2003-2004 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilari maydonga chiqishdi. Unda sakkiz jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

“A” guruhidan “Yashnobod”, Bolalar futbol maktab-internati, “Yangi nur”, “Yangi davr” jamoalari joy olgan bo'lsa, “B” guruhida “Bektemir”, “SHohsanam”, “Start”, “Katta Yangiobod” futbolchilari o'zaro bahs yuritdi.

— Musobaqani o'tkazishdan bosh maqsad uyushmagan yoshlar, xususan, darsdan bo'sh vaqtlarida futbol to'garaklariga qatnashmaydigan futbolsevar bolalar va o'smirlarni ham qamrab olish edi, — deydi “Yashnobod” professional futbol klubi direktori Aziz Fayziev. — Bunga malum darajada erishganimizdan juda xursandmiz. Jumladan, bahslarda Bolalar futbol maktab-internati, “Yashnobod” bolalar futbol jamoasi, 1-bolalar va o'smirlar maktabi yosh futbolchilari qatorida “Yangi nur”, “Yangi davr”, “SHohsanam”, “Katta Yangiobod” mahallalar vakillari ham g'oliblik uchun munosib kurash olib borishdi.

Musobaqaning ochilish marosimi bayram tusini oldi. Unda Hokim kubogi turniri tashkilotchilari, mutaxassislar, yosh futbolchilar hamda sanatkorlar ishtirok etishdi.
Yashnobod tuman Hokimi kubogining guruh bosqichi uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd qilindi:

“A” guruhi,
Birinchi tur
“Yashnobod” — BFMI — 0:1, “Yangi nur” — “Yangi davr” — 3:2
Ikkinchi tur
“Yashnobod” — “Yangi nur” — 12:2, BFMI — “Yangi davr” — 3:0
Uchinchi tur
BFMI — “Yangi nur” — 5:3, “Yashnobod” — “Yangi davr” — 3:0.

“V” guruhi,
Birinchi tur
“Bektemir” — “Start” — 0:2, “SHohsanam” — “Katta Yangiobod” — 3:2
Ikkinchi tur
“Bektemir” — “SHohsanam” — 1:0, “Start” — “Katta Yangiobod” — 2:4.
Uchinchi tur
“Bektemir” — “Katta Yangiobod” — 3:2, “SHohsanam” — “Start” — 0:2.

Musobaqa yarim finali dastlabki uchrashuvida BFMI jamoasi “Start” futbolchilarini 5:2 hisobida engdi. Ikkinchi finalchi nomi “Yashnobod” — “Bektemir” jamoalari bahsida aniqlandi — 2:5.

Sovrinli o'rinlar uchun ham uchrashuvlar keskin va shiddatli kechdi. Uchinchi o'rin uchun o'tgan uchrashuvda “Start” vakillari yashnobodliklarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi — 7:4.

Final uchrashuvi ayniqsa hayajonli kechdi. BFMI va “Bektemir” jamoalari o'rtasida o'tgan hal qiluvchi bahsning asosiy daqiqalarida jamoalar raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi — 0:0. Natijada g'olib nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda omad BFMI yosh futbolchilariga kulib boqdi — 5:3.

— Mahallamizda ikki mingdan ziyod turli millat aholisi ahil va inoq turmush kechirishmoqda, — deydi “Yangi nur” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Rustam Avazov. — Turnirda mahallamiz bolalaridan tashkil topgan jamoa ham faol ishtirok etdi. Garchi, jamoamiz o'z guruhida uchinchi o'rinni olishgan bo'lsalar-da, xafa bo'lishgani yo'q. 

Bolajonlarimizda turnir bahonasida yanada futbolga mehr kuchaygani shubhasiz. Darsdan bo'sh vaqtlarida ko'cha-ko'yda koptok tepib yurgan bolalardan 6-7 nafari bundan keyin futbol to'garaklariga muntazam qatnashishga va kelgusida mohir futbolchi bo'lib etishishga qaror qilganliklaridan ko'nglimiz tog'dek ko'tarildi. Ishonamizki, kelgusida bu kabi musobaqalar bolalar o'rtasida istedodlilarni kashf etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Turnir g'olibva sovrindorlariga Yashnobod tuman hokimligi tomonidan tasis etilgan diplom, medallar va kuboklar topshirildi. Etiborlisi, bosh sovrin sohibi bo'lgan BFMI jamoasi azolari Samarqand shahriga sayohatga borish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. SHuningdek, sovrindorlarga tumanda joylashgan 2-bolalar va o'smirlar fport maktabi suzish havzasiga bir oy tekin taklifnomalar taqdim qilindi.

Musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi himochisi”, “Eng yaxshi yarim himoyachisi”, “Eng yaxshi to'purari”, “Eng yaxshi murabbiyi” kabi nominaciyalari g'oliblari ham aniqlanib, maxsus sovg'alar bilan taqdirlandilar. Yana bir ahamiyatli tomoni, turnir tashkilotchilari tomonidan musobaqada ishtirok etgan 128 nafar yosh futbolchilarning barchasiga maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.

Yakunda barcha qatnashchilar bayram dasturxoniga taklif etildilar. Bir so'z bilan aytganda, Yashnobod tuman Hokimi kubogi turniri bolalar uchun chinakam futbol bayramiga aylanib ketdi. Tashkilotchilar kelgusida bu turnirni ananaviy tarzda o'tkazishga qaror qilishdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика