Bolalar doim etiborda. Davom etamiz
07 iyu 2018 17:45
Yangiliklar
Bolalar doim etiborda. Davom etamiz
Toshkent viloyati futbol Associaciyasi yana bir xayrli ishga qo'l urdi.
Bolalar doim etiborda shiori ostida kichik festival tashkil qilinadi. 9 iyul kuni Toshkent viloyati hududida joylashgan "Marjon" oromgohida "Sport kuni" o'tkaziladi. Oromgohda hordiq chiqarayotgan qoraqalpog'istonlik hamda xorazmlik kam taminlangan oilalarning farzandlari shu kuni sportning turli turlaridan, xususan futboldan ham zavq olishlari mumkin bo'ladi. Associaciyamiz xuddi shu kuni bolalar uchun futbol festivali - bayram tashkil qilib berishni rejalashtirgan. Barcha g'olib hisoblanadigan festival oromgohda hordiq chiqarayotgan bolalar uchun butun umr yodda qoladigan bayram sifatida o'tishiga ishonamiz.
Fikrlar