So’nggi yangiliklar

16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  5 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1

Bolalar chempionati. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilaridan navbatdagi g'alabalar Yangiliklar

Bolalar chempionati. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilaridan navbatdagi g'alabalar

Yakshanba kuni odatdagidek Toshkent shahar bolalar-o'smirlar chempionatida navbatdagi tur bahslari o'tkazildi.
27-turni safarda “TAPOiCH”ga qarshi o'tkazgan “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari navbatdagi g'alabalarni qo'lga kiritishdi.

Dastlab Dmitriy An boshqarayotgan “Paxtakor”-2003 o'z raqibini qiyinchilik bilan 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, keyingi o'yinda Rufat Akramxo'jaev jamoasi “Paxtakor”-2002 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Keyingi bellashuvlarda “Paxtakor”-2001 o'z raqibidan 4:0 hisobida ustun keldi. Bu guruhni Stanislav Kudryashov boshqarmoqda. Undan keyingi uchrashuvda esa Temur Olimxo'jaev jamoasi “Paxtakor”-2000 6:2 hisobida zafar quchdi.

Kunning oxirgi ikkita bahsi ham “paxtakorchilar”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Xususan “Paxtakor”-99 (bosh murabbiy Rustam Qurbonboev) 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgan bo'lsa, “Paxtakor”-98 (bosh murabbiy Anvar Hafizov) ham xuddi shu hisobda zafar quchdi.

27-tur. 26 oktyabr

TAPOiCH (2003) - “Paxtakor”-2003 - 1:3

TAPOiCH (2002) - “Paxtakor”-2002 - 0:3

TAPOiCH (2001) - “Paxtakor”-2001 - 0:4

TAPOiCH (2000) - “Paxtakor”-2000 - 2:6

TAPOiCH (1999) - “Paxtakor”-1999 - 1:3

TAPOiCH (1998) - “Paxtakor”-1998 - 1:3
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика