So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Boks. Jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi" topshirildi Yangiliklar

Boks. Jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi" topshirildi

Xabaringiz bor, 8-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu jahon birinchiligida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Bu orqali yigitlarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi. 

Bugun, 30 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisi Achilbay Ramatov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida Achilbay Jumaniyazovich so'zga chiqar ekan, sportchilarimizni qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi. Ushbu muvaffaqiyat zamirida mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan qaratilayotgan etibor turganini alohida qayd etib o'tdi. SHuningdek, erishilgan yutuq bilan to'xtab qolmaslik, maqsad qilingan ishni hozircha bir qismigina bajarilganini, Tokio Olimpiadasida bundanda ulkan zafarlar kutilishini takidladi. 

Bundan tashqari tadbir davomida terma jamoamiz murabbiylari Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro'zioxunov, bokschi Bahodir Jalolov va Dilshodbek Ro'zmetovlar ham so'zga chiqib, ushbu etibordan mamnun ekanliklarini aytishdi. Kelajakda bundanda yirik muvaffaqiyatlarga erishishlarini qayd etishdi. 

SHundan so'ng jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi"...


Xabarning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi" topshirildi + FOTOGALEREYA

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика