So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

"Boka Xuniors"da o'ynagan o'zbekistonlik futbolchi bilan suhbat Yangiliklar

"Boka Xuniors"da o'ynagan o'zbekistonlik futbolchi bilan suhbat

Teglar :  Boka Xuniors
O'zbekistonlik futbolchi Tohir Usmonov Argentinaning jahonga mashhur "Boka Xuniors" klubida o'ynaganini ko'pchilik bilmasa kerak.

Yosh hujumchi ushbu klubning AQSHda ochilgan akademiyasida tahsil olgan. Biz futbolchidan intervyu olishga qaror qildik.

- Millionlar o'yini futbolga qanday kirib kelganligingiz va birinchi murabbiyingiz kim bo'lganligi haqida gapirib bersangiz.
- Yoshligimdan millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqishim ko'chlik bo'lganligi sababli Toshkentda, Namanganda mahallalarda o'rtoqlarim bilan futbol o'ynab yurardim. 9 yoshimda oilam bilan Amerika Qo'shma SHtatlariga ko'chib kelganimizda ham futbolsiz hayotimni tasavvur qila olmaganman va Amerika klublarida futbolni sir asrorlarini o'rgana boshladim. 17 yoshimda O'zbekistonga qaytib Azamat Abduraimov qo'l ostida shug'ullana boshladim. So'ngra bir yil "Andijon" jamoasida tup tepib yana Amerikaga qaytdim va Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasining AQSHda ochilgan akademiyasiga bordim. U erda Vold Mord qo'l ostida o'ynadim.

- "Boka Xuniors"da qaysi ampulada harakat qilgansiz?
- U erda murabbiy meni deyarli barcha poziciyalarda sinab ko'rdi. Oxiri sen hujum ortida o'ynasang jamoaga ko'p foydang tegar ekan, harakatlaring to'p uzatishlaring, gol urishlaring yaxshi chiqarkan deb, meni qanotlarda hujumchi ortida yarim himoyachi sifatida ishonch bera boshladi. SHundan beri ikkala qanotlarda ham bemalol hujumchi ortida o'ynab yuribman.


- "Boka Xuniors" bilan shartnomangiz qachon yakunlandi?

- Ushbu klub bilan shartnomam yakunlanib bo'ldi va ayni paytda erkin agentman

- Hozirgi kunda takliflar bo'lyaptimi?
- Ha, hozirgi kunda Turkiya, Tailand va Malayziya klublaridan takliflar bor.

- Sir bo'lmasa aynan qaysi klublardan taklif bo'ldi?
- Hozircha buni ayta olmayman. Sababi oldimda 3-4ta klublardan jiddiy takliflar bor. Agar biror-bir klub bilan kelisha olsam albatta xabarini beraman. Lekin malumot sifatida shuni ayta olaman. Menga TFF birinchi ligasidan takliflar bo'lmoqda.

- Yana O'zbekiston futboliga qaytsak. O'tgan mavsumda sizga Namanganning "Navbahor" jamoasidan taklif bo'lgandi va siz malum muddat ushbu jamoa ko'rigida bo'ldingiz yakunda esa shartnoma imzolamadingiz. Bunga sabab nima bo'ldi?  
- To'g'ri o'tgan yili men Toshkentga dam olishga borgandim. Amerikaga qaytishimga 5-6 kun qolganida men yashagan O'zbekiston mehmonxonasiga "Navbahor" jamoasi tashrif buyurdi. Ular qishki yig'inni Toshkentda o'tkazishni rejalashtirishgan ekan. Yoshligimda "Navbahor"ga qiziqishim yuqori bo'lgan. Menda ham "Navbahor"da to'p tepish orzusi bo'lgan edi. Bilasiz, "Navbahor" muxlislari O'zbekistonda etakchi hisoblanadi. SHuning uchun, sport formamni saqlab turish maqsadida men jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov oldiga borib, jamoa bilan shug'ullanib turish uchun ruxsat olgani borib, agar menga "Navbahor" uchun ehtiyoj bo'lsa O'zbekistonda qolib faoliyatimni o'zimni ona shahrim Namanganda davom ettirishimga qarshi emasligimni aytdim. Ilhom Mo'minjonov rozi bo'lib, meni jamoasida shug'ullanishimga ruxsat berdi. Men Amerikaga qaytishimdan bir kun avval Mo'minjonov bilan gaplashganimda harakatlarim yaxshi ekanligini lekin klubga legioner futbolchi olmasdan asosan mahalliy o'yinchilar xizmatidan foydalanmoqchi ekanligini aytdi. SHundan so'ng, bir birimizga omad tilab iliq xayrlashdik.


- "Navbahor" jamoasini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borasizmi?
- Ha. "Navbahor"ni va o'zbek futbolini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boraman. "Navbahor" bu mavsumda mazmunli o'yin ko'rsatib 5-o'rinni olib, muxlislarini xursand etdi.

- Agar "Navbahor"dan bu mavsumda sizga taklif tushsa rozi bo'larmidingiz?
- Hozircha Bir narsa deya olmayman. Sababi oldimda 3-4ta takliflar bor, qolaversa hujjat ishlarim shu kunlarda yakuniga etsa keyin bu haqda o'ylab ko'raman. Agar "Navbahor" rahbariyati va bosh murabbiyi jiddiy taklif bilan chiqishsa, mening jamoaga foydam tegishini xohlashsa katta ehtimol bilan faoliyatimni Namanganda davom ettirishim mumkin. Hozircha erkin agentman. Hujjat ishlarim yakunlanishi bilan oldimdagi variantlarni ko'rib chiqaman.

- Masalaning ikkinchi tomoni bor Argentinada beriladigan maosh bilan "Navbahor"ni maoshini farqi bo'lsa ham.
- Men "Navbahor"ga pul uchun borish niyatida emasman. Yagona orzuim o'z shahrimning bosh jamoasini OCHLga chiqish uchun o'z xissamni qo'shish. Pul qo'lni kiri bir keladi bir ketadi. Lekin pul vatanimni va shahrimni obro'si uchun rol o'ynamaydi.

- O'FF prizidenti rahbariyati yangilandi. Qisqa vaqt ichida futbolga oid yangi qarorlar chiqayapti. Xabaringiz bo'lsa kerak 2018 yildan boshlab super ligada jamoalar soni 12taga qisqartirildi. Siz nima deb o'ylaysiz to'g'ri qaror qabul qilindimi?
- Endi nima deyishim mumkin. O'FFga harakatchan rahbarlar kelishdi deb uylayman. Sababi ular o'zbek futboli rivoji uchun harakat qilishyapti. Bu qarorni chiqarib, to'g'ri qilishgandur. CHunki shu qaror yuzasidan o'zbek futbolida o'zgarishlar kuzatilar. Sababi pro-ligaga tushib ketgan to'rt jamoa Superligaga chiqish uchun kurashishsa, Superligadagi jamoalar pro-ligaga tushmasligi uchun harakat qilib, har bir ochkolar oltinga teng bo'ladi deb o'ylayman.


- Qaysi chet futbolchisi o'yinlarini kuzatib borasiz?
- Men yoshligimdan Ronaldinoning o'yinlarini kuzatib borardim. Uning to'p bilan harakatlari menga maqul kelardi.

- O'zbekistondagi muxlislarga tilaklaringiz?
- O'zbek futbolini rivojlanishiga aynan shu muxlislarning xissasi katta. Jamoalari yutqazib qo'ysa ham yolg'izlatib qo'ymay har bir o'yinga tashrif buyurib jamoalariga dalda bo'lishadi. Bunday jon qo'yar muxlislar ko'p bo'lsin. O'zbekiston terma jamoasi ham shu muxlislar uchun borini berib harakat qilib jahon chempionatiga chiqqanda ham muxlislar haqiqiy 12-o'yinchi vazifasini bajarishda charchashmasin.

Husanboy Aliev suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика