So’nggi yangiliklar

09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0

Bobur Zuhriddinov: "Menga "Navbahor"dan hech kim taklif bilan chiqmagan" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Menga "Navbahor"dan hech kim taklif bilan chiqmagan"

Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor-farm" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Guvohi bo'lganingizdek, shiddatli o'yin guvohiga aylandik. Bugun ikkala jamoa ham g'alaba qozonishga loyiq o'yin ko'rsatdi. Bu erga g'alaba ilinjida tashrif buyurgandik. Biroq birinchi bo'limdagi bazi xatolarimiz evaziga kutilmagan gollar o'tkazib yubordik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashdi. 

- Hakamlar va "Navbahor-farm" haqida nima deya olasiz?

- Namangan shahri hamisha futbol shahri bo'lgan. Bu erga kelishning o'zgacha shukuhi bor. Bu erdagi muxlislik O'zbekistonning kam shaharlarida kuzatiladi. SHu bois, bu erda mehmon sifatida o'ynash ham yoqimli. "Navbahor-farm"ga qarshi jiddiy tayyorlandik. Jamoaning o'tgan uchta o'yinini tahlil qildik. Joriy mavsum namanganliklar ko'p jamoaga boshog'riq bo'ladi. Hakamlar masalasida biror fikr ayta olmayman, chunki ularning faoliyatini tahlil qiladigan insonlar bor. 

- "Mashal" joriy mavsum oxirida Superligaga chiqa oladimi?

- Bu yo'lda imkon boricha harakat qilyapmiz. Rahbariyat ham qo'llab-quvvatlamoqda. "Mashal" haqiqiy joyiga qaytishi uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. 

- "Obod" jamoasida faoliyat olib borayotgan paytingiz, "Navbahor" kelishingiz haqida mish-mishlar tarqagandi. Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin?

- Menga hech kim bunday taklif bilan chiqmagan. Bu gapni ilk bor sizdan eshitishim. 

- Pro ligadagi asosiy raqobatchilaringiz qaysi jamoalar sanaladi?

- Avval aytganimdek, ligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. CHempionat endi boshlandi. Hali hammasi oldinda. Bizda bitta zaxira o'yini mavjud. Mavjud o'yinlarda ochko olishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика