So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Superliga. "Bobur Arena"da beshinchi o'rin uchun kimning ishi besh bo'ladi? Yangiliklar

Superliga. "Bobur Arena"da beshinchi o'rin uchun kimning ishi besh bo'ladi?

Teglar :  AndijonOKMK
Turning markaziy uchrashuvi bo'lish uchun derbi yoki "mumtoz" futbol bo'lishi shart emas.

Bu jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rni, mezbonlar faktori, natijaning asosiy planga chiqishi haqiqiy markaziy maqomni beradi. 

Andijon

Superliga. 23-tur

28/10/2023, 16:00

1
:
0
Tugadi

OKMK

Xurshid G’iyosov - 18'

45'
90'
17'  Vladimir Bubanya
32'  Rubin Xebay
34'  Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze)
68'  Armin Boshnyak (Abdurahmon Komilov)
68'  Sardor Azimov (Suhrob Berdiyev)
68'  Ilhom Abdug’aniev (Sardor Abdunabiev)
86'  Ilhom Alizhonov (Shahboz Erkinov)
18'  Xurshid G’iyosov
80'  Xurshid G’iyosov
89'  Vitaliy Denisov
89'  Xurshid G’iyosov (Dilshod Ahmadaliev)
90'  Mirzhahon Mirahmadov (Murat Yermatov)
90'  Sardor Rahmonov

Beshinchi o'rin uchun kimning ishi besh bo'ladi?

Turnir jadvalida ayni paytda OKMK 36 ochko bilan 5 -o'rinni, "Andijon" 34 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Bugungi g'alaba orqali mezbonlar beshinchi o'ringa ko'tarilib olishi, OKMK bir pog'ona pastga tushishi mumkin. Qosimov jamoasining ehtimoliy g'alabasi vaqtincha 4-o'ringa olib chiqadi va "Neftchi"ning natijasini kutadi.  

"Andijon"ning keyingi o'yinlari:

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Turon" - "Andijon"

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

OKMKning navbatdagi o'yinlari:

24-tur. OKMK- "Turon"

25-tur. "Buxoro" - OKMK

26-tur. OKMK - "Nasaf"

"Bobur Arena"da "burgutlar" qirol. OKMK mehmonda mag'lub bo'lmayapti 

"Andijon" ikkinchi davrada o'z maydoniga qaytganidan beri hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. "Burgutlar" "Bobur Arena"dagi so'nggi 5ta o'yinning 3tasida g'alabani begona qilgani yo'q. Jamoa mezbon maqomida so'nggi bor 5 may kuni "So'g'diyona"ga 3 ochko sovg'a qilgan edi. Oxirgi 3ta o'yinda chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor", "Paxtakor" va Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" taslim qilindi. 

"Andijon" mezbon maqomida kimlar bilan o'ynadi?

"Andijon" - "Qizilqum" 2:0

"Andijon" - "Turon" 2:1

"Andijon" - "Nasaf" 0:0

"Andijon" - "Surxon" 0:0

"Andijon" - "Olimpik" 2:1

"Andijon" - "Navbahor" 2:1

"Andijon" - "Paxtakor" 1:0

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK esa mehmonda so'nggi bor 24 iyun kuni Qarshida "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergan. SHundan so'ng ketma-ket 5ta uchrashuvda "konchilar" safardan kamida 1 ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'lishngan.

"So'g'diyona" - OKMK 1:2

"Bunyodkor" - OKMK 1:1

"Navbahor" - OKMK 0:0

"Paxtakor" - OKMK 2:2

"Qizilqum" - OKMK 1:2


12 yillik seriya yakuniga etadimi?

Jamoalar shu kungacha Andijonda 11 marotaba to'qnash kelishgan. Mazkuru uchrashuvlarda kichik ustunlik OKMK tomonida 6 g'alaba. "Andijon" o'z maydonida raqibini faqat 4 marotaba mag'lub eta olgan. 1ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. "Andijon" oxirgi bor 2011 yilgi mavsumning 15-turida o'z maydonida "konchilar"dan 3 ochko tortib olishga erishgan. Lochin Soliev so'nggi "burgut" bo'lib turibdi. 

Superliga-2011. 15-tur.

05.08.2011 17:00. "Sog'lom Avlod" stadioni

"Andijon" - OKMK (Olmaliq) 1:0

Gol: Lochin Soliev 90

"Andijon": G'ayratjon Hasanov, Oleksandr Polovkov, Aleksey Kasyan, Ildar Mamatkazin, Ibrohim Otaxonov, Yuriy Celix, Aleksandr Popovich, Lochin Soliev, Aziz Ibragimov, Baxtiyor Hamidullaev, Ikromjon Ibragimov

OKMK: Denis Ershov, Evgeniy Gogol, Farruh Nurliboev, Bahrom Yuldashev, Ivan Kucherenko, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Isroil Ergashev, Sanjar SHoahmedov, Oleg Zoteev, Mo'ydin Mamazulumov

Qosimov bugun ham yoshlarni sinovdan o'tkazishga majbur 

Mavsumning oxiriga kelib hech qaysi jamoada OKMKchalik ko'p yo'qotish yo'q. Mirjalol Qosimov bugun Sardor Mirzaev, SHohruh Gadoev, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Ruben Sanches, Siyavash Haqnazariy xizmatidan foydalana olmaydi. Katta ehtimol bilan Mirjamol Qosimov ham bugungi uchrashuvni zaxiradan tomosha qiladi. Bugun Murat Ermatov, Sirojiddin Bashriddinov, Iskandar Bo'sinov kabi yoshlarning imkoniyatlarini ko'rib olamiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика