So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Bobur Abduxoliqov: "Xalqimiz bizni ajoyib tarzda kutib oldi" Yangiliklar

Bobur Abduxoliqov: "Xalqimiz bizni ajoyib tarzda kutib oldi"

O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan "Nasaf" hujumchisi Bobur Abduxoliqov saytimiz uchun intervyu berdi.


- CHempionatdan qanday taassurotlar qoldi?

- Buni yoshlikdan orzu qilib kelamiz. Buni tasavvur qilish qiyin. Hissiyotlarimiz cheksiz. Ochig'i xalqimiz bizni bunday kutib olishini kutmagandi. Barchamiz bundan juda xursand bo'ldik.

- Nima deb o'ylaysiz, bu oxirgi chempionlik bo'lmaydimi?

- Bu keyingi g'alabalar uchun poydevor bo'ladi. Yanada kuchliroq futbolchi bo'lishga urinamiz.


- Sizni futboldagilar "Pele" deb chaqirishadi...

- Birinchi murabbiyim "Pele" deb atardi. SHu-shu hamma shunday chaqiradi. Futbol qiroli nomi bilan meni chaqirishlari yoqimli.

- Bu yildan Siz 10-raqamni tanladingiz...

- Uydagilarim afsonaviy futbolchilar o'ynashlarini aytishdi, shu bois 2018 yilgi mavsumdan 10-raqamni tanladim. Raqamning yuki og'irlik qilmaydi.

- "Paxtakor" sizga qiziqqani va tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra "Nasaf" Siz uchun 3 milliard so'm so'ragani haqida xabarlar chiqdi. Agar klublar barchasi futbolchining o'ziga bog'liq deyishsa Bobur Abduxoliqov qaysi klubni tanlagan bo'lardi?

- "Nasaf" baribir ikkinchi uyim. Har qanday futbolchi o'z uyidan ketishni istamaydi. Bir klubda 6-7 yil o'ynasa o'sha klubga qattiq bog'lanib qoladi.


- Yangi mavsumga tayyorgarlikni "Nasaf" safida o'tkazmadingiz. "Al Faysali" bilan o'yinga tayyormisiz?

- "Al Faysali" bilan o'yinga tayyorman deb o'ylayman. Sababi OCHL bahsini orziqib kutayotgandim. Stadionimiz to'lib toshadi, tribunalar to'la stadionda o'ynash ajoyib hissiyotlar beradi.

- CHempionlarga Malibu avtomashinasi sovg'a qilindi...

- Prezidentimizga shunchalik etibor qilib, bizga mana shunday mukofot berganlari uchun barcha jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman. Xudo xohlasa ularning ishonchlarini oqlashda davom etamiz.

- Mashinani o'zingiz haydaysizmi?

- Haydovchilik guvoxnomam bor, lekin yoshlikdan mehnat qilib, pul topib ota-onamga mashina sovg'a qilaman deb niyat qilganman. SHunday ekan Malibu'ni oilamga taqdim etaman.


- Siz bazida markazda, bazida qanotda o'ynaysiz. Qaysi joyda o'zingizni yaxshi his qilasiz?

- Yoshlikdan yoqtirgan poziciyam markaziy hujumchi. Lekin murabbiylar meni qanotga qo'yishsa ham u erda o'ynashga tayyorman. Qaysi joyda o'ynasam ham jamoa uchun borimni beraman. SHunchaki qanotdagi Abduxoliqovdan, markaziy hujumdagi Abduxoliqov kuchliroq.


Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика