Bobir Abdixoliqov: "Evropaning kuchliroq chempionatida to'p tepish niyatidaman"
19 noy 2022 18:05
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov: "Evropaning kuchliroq chempionatida to'p tepish niyatidaman"
- Rossiya bilan birinchi marta o'ynayapmiz. O'ziga xos tarixiy uchrashuv bo'ladi. Bu borada nima deya olasiz?
- Xudo xohlasa, ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Xalqimizni xursand qilish niyatidamiz.
- Terma jamoa yig'inidan keyingi rejalar qanaqa?
- Yig'in yakunlangach, yana Belarusga qaytishim kerak. BATE bilan Kubok doirasidagi o'yinimiz bor. O'sha o'yindan so'ng dam olishga chiqamiz. Ozgina dam olib, keyin bir qarorga kelamiz.

- Polsha va yana turli Evropa klublaridan takliflar borligini eshitdik...
- Ha, takliflar bor. Xudo xohlasa, chempionat o'yinlarini tugatib, shoshmasdan bir qarorga kelamiz.
- Klub rahbariyati va menejerlar hal etishadimi yoki baribir sizdan ham so'rashadimi?
- Oxirgi so'zni men aytaman. Xohishimga qarab, yo'l tutiladi.
- O'zingizga qolsa, qaysi variantni tanlagan bo'lardingiz?
- Evropaning kuchliroq chempionatida to'p tepish niyatidaman.
- "Energetik-BGU" klubi vakillari qanday fikrda?
- Ular kuchliroq chempionatga yo'l olishimni istashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar