BMT 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb elon qildi
07 may 23:31
Yangiliklar
BMT 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb elon qildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb elon qilish to'g'risidagi rezolyuciyani qabul qildi.
Xabarlarga ko'ra, rezolyuciya loyihasi BMTga azo 70 dan ortiq davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
Rezolyuciyada futbolning global miqyosdagi tasiri va uning hayotning turli sohalariga, jumladan, savdo, tinchlik va diplomatiyaga tasiri hamda sportning hamkorlik maydoni sifatidagi kuchi aks ettirilgan.
Hujjat, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun futbol tashabbusini qo'llab-quvvatladi.
O’xshash yangiliklar
14:20
"Futbol olami". Superligada qolish uchun kurash avjida yoxud 25-turdagi barcha voqealar haqida 0
Fikrlar