So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  0 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  0 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  4 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

BMB Trade group PFL homiysiga aylandi Yangiliklar

BMB Trade group PFL homiysiga aylandi

Teglar :  HomiyBMBO'zPFL
O'zbekiston Professional futbol ligasi BMB Trade group investicion-konsalting kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.

Kelishuv asosida BMB Trade group 2023 yilgi mavsum davomida Superliganing rasmiy homiysiga aylandi. 

BMB Trade group xizmatidan bugunga kelib 720 dan ziyod xorijiy kompaniyalar foydalanib keladi. Umumiy qiymati 1,5 milliard AQSH dollariga teng bo'lgan qo'shma investiciya loyihalarini amalga oshirib kelayotgan kompaniya O'zbekiston futboli va mamlakat futzalini qo'llab-quvvatlash yo'lida so'nggi uch yilda katta qadamlar tashladi. Jumladan: 

•  2021 yilda BMB futzal klubiga asos solindi; 

•  2021/22 yillarda "So'g'diyona" va "Lokomotiv" futbol klubiga homiylik qilindi; 

•  BMB Trade group, shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan faol hamkorlik qilib keladi. 2022 yil aynan BMB Trade group homiyligida Italiya yulduzlaridan tashkil topgan jamoa Toshkentga tashrif buyurib, O'zbekiston futboli yulduzlariga qarshi maydonga tushgandi. Bu o'zbek futbolining 110 yillik yubileyi uchun kompaniyaning o'ziga xos sovg'asi bo'ldi, deyish mumkin. 



2023 yilga kelib BMB Trade group O'zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy homiysi sifatida mamlakat chempionati rivojiga hissa qo'shishga qaror qildi. Qayd etish kerak, kompaniya o'zining xorijiy hamkorlari bilan Italiyaning "Milan" futbol klubi bilan ham yaqin aloqalarni yo'lga qo'ygan.

BMB Trade group kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda mamlakatimizning oldi personlaridan biri hisoblanadi. Uning qo'l ostidagi katta jamoa rais boshchiligida har hafta futzal sport turi bilan shug'ullanadi. Kompaniya professional futzal bilan cheklanib qolmay, havaskorlar o'rtasida muntazam turnirlar tashkil qilib turadi. Bunda BMB Trade group tijoriy maqsadlarni ko'zlamaydi, balki ijtimoiy yo'nalishdagi loyihalari orqali yoshlarni sportga keng jalb qilish kabi yuksak qadriyatlarni o'zida aks ettiradi. 

"Bugun kompaniyamiz uchun tarixiy kun. BMB Trade group tashkil topgan dastlabki kunidan boshlab sport bilan hamohang faoliyat olib bormoqda. Maqsadimiz bitta — O'zbekistonda yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishini oshirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish. 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan, qolaversa, hukumatimiz tomonidan O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida juda katta ish olib borilmoqda. O'z navbatida, biz tadbirkorlar ham haqiqiy vatanparvar sifatida bu o'zgarishlarga labbay deb javob berishimiz, bayrog'imizning jahon arenalarida baland hilpirashiga qo'limizdan kelganicha hissa qo'shishimiz lozim. 

Etirof etishim kerak, so'nggi 2-3 yilda futbol tamomila o'zgardi. Futbolchilarga, klublarga bo'lgan munosabat yaxshilandi. Bu xalqaro maydonda ham o'z mevasini berayotganligini ko'ryapmiz. O'ylaymanki, bu hamkorligimizning endigina boshlanishi. Kelajakda bundan-da katta shartnomalar imzolab, futbolimiz rivoji yo'lida birgalikda harakat qilamiz", – deya takidladi kompaniya boshqaruvi kengashi raisi. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi BMB Trade group kabi katta tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini oldinga tashlangan navbatdagi qadamlardan biri deb hisoblaydi. Ishonamizki, 2023 yilgi mavsum avvalgisidan yaxshiroq ruhda o'tadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика