"Biz u yerda bo'lishga haqlimiz!" - Eron AQSH bilan mojarolarga qaramay JCH-2026 ga boradi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2026, 21:21
Eronning Ispaniyadagi elchisi Reza Zabib Eron milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi savollarga javob berdi.

Musobaqa asosan AQSHda o'tishi va so'nggi siyosiy nizolarga qaramay, elchi terma jamoa turnirga borishini ta'kidladi.

Siyosiy vaziyat va nizolar:

Shanba kuni Isroil mudofaa armiyasi Eronga qarshi zarba berganini ma'lum qildi, bu hujumda AQSH ham ishtirok etdi. Eron bunga javoban Isroilga zarbalar yo'lladi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar hududidagi harbiy obektlarga ham hujumlar amalga oshirilgan.

Elchining qatiy poziciyasi:

Reza Zabib ushbu og'ir vaziyatda terma jamoaning mundialdagi ishtiroki haqida shunday dedi:

"Hozir juda og'ir damlar. Biz halok bo'lgan 100 nafar qizaloqning xotirasini yodga olamiz. Ular o'z hayotini yo'qotgan begunoh bolalardir.

Eron Jahon chempionatiga boradi, biz u yerda bo'lishga haqlimiz. Bizda hech qanday muammo yo'q, biz musobaqaga boramiz", - dedi Zabib.

Ma'lumot uchun:

JCH-2026 turniri 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As