"Biz Ispaniyadan kuchsiz emasdik" - Abbos Fayzullaev
25 iyu 2024 15:44
Yangiliklar
"Biz Ispaniyadan kuchsiz emasdik" - Abbos Fayzullaev
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi Abbos Fayzullaev Ispaniya bilan (1:2) bahsdan keyin fikrlarini bildirdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Biz ulardan kuchsiz emasdik. Bunaqa o'yinlarda bitta vaziyat hamma narsani hal qilib ketadi. Hali oldimizda 2 ta o'yin bor. Keyingi turlarga yaxshi hozirlik ko'rib, guruhdan chiqish vazifasini uddalaymiz.
Ispaniya – turnir favoritlaridan biri. Buni bilardik. Bizning jamoamiz ham kuchsiz emas.
Biz bir jamoamiz. Yutsak, jamoa bo'lib yutamiz, yutqazsak, butun jamoa yutqazgan bo'ladi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda bundan ham yaxshi harakat qilamiz degan umiddaman", – dedi Fayzullaev.
O'zbekistonning keyingi uchrashuvi 27 iyul kuni Misrga qarshi kechadi. Bellashuv 20:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar