"Biz bunga qodirmiz". "Barselona" etakchisi "Atletiko" bilan o'yinda kambekka ishonmoqda
26 fev 17:44
Yangiliklar
"Biz bunga qodirmiz". "Barselona" etakchisi "Atletiko" bilan o'yinda kambekka ishonmoqda
Rafinya Ispaniya Kubogida Madridning "Atletiko"siga qarshi javob o'yini oldidan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
"Ko'k-anorranglilar" etakchisi birinchi o'yindagi og'ir mag'lubiyatga (0:4) qaramay, "matraschilar"ga qarshi kambek qilishga ishonmoqda.
Braziliyalik futbolchi jamoasining xarakteriga alohida urg'u qaratib, eng qiyin sinovlarni ham engib o'tishga qodir ekanini takidladi.
"Biz ajoyib o'yin ko'rsatishimizga ishonamiz. Qayta olishimizga, keyingi bosqichga o'tish mumkinligiga ishonamiz. Agar dunyoda shunday kambek qilishga qodir jamoa bo'lsa, bu — biz", – dedi Rafinya.
Qayd etilishicha, Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Atletiko" o'yini 4 martga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar