So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Bittagina to'pni deb... VIDEO Yangiliklar

Bittagina to'pni deb... VIDEO

Kecha O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yin ajoyib o'tdi, yakunda "Lokomotiv" jamoasi qatorasiga ikkinchi marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

"Bunyodkor" stadioni finalda to'lib toshdi. Biroq uchrashuv yakuniga etgach...bepul to'plarni deb yuzlab muxlislar turli sektorlardan maydonga tushib ketishdi. Finalni yuksak martabali mehmon shaxsan OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa va O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov stadiondan turib kuzatib borishdi. Havo sovuq, tribunalar to'lib toshgan, o'zbek estradasi yulduzlari qo'shiq kuylashdi, chiroyli o'yin bo'ldi... yakunda mana shunday bayramni bittagina to'pni deb buzib qo'yishlariga bir bahya qoldi. Tartib posbonlari o'z vazifalarini yuksak darajada bajarib bir necha daqiqa ichida muxlislarni o'z joylariga kuzatib qo'yishgani uchun taqdirlash marosimi davom ettirildi.

Bu erda kimdir bizda o'zi shunaqa deyishi mumkin. Qo'shilmayman, istalgan xalqda, istalgan yurtda bepul narsa tarqatilsa odamlar unga intilishadi. Menimcha 3000 dona bepul to'p tarqatilar ekan bunga oldindan tayyorgarlik ko'rilishi va stadionning turli burchaklariga maxsus odamlarni qo'yib tribunalarga tepish kerak edi. Mana shunda muxlislarning maydonga tushib ketish holati ro'y bermagan bo'lardi. Odamlarning maydonga tushib kelishi tashkilotchilar uchun kutilmagan holat bo'ldi. 

Keyingi yil klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida o'yinlar o'tkazishadi, terma jamoamiz xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Muxlislik madaniyatini oshirmas ekanmiz yurtimizda hech qachon futbol rivojlanmaydi.

Odatda FIFA, UEFA yoki OFK mana shunday holatlar ro'y bersa o'sha stadionni ham, o'sha klubni ham katta jarimalar bilan jazoga tortadi. Muxlislar O'zbekiston hech bo'lmasa Osiyo chempionatlariga mezbonlik qilishini istashadi. Lekin kechagi holat OFK rahbari ko'z o'ngida sodir bo'lgach bunday musobaqalar O'zbekistonga ishonib topshirilish imkoniyati keskin tushib ketdi deb o'ylayman.

Narzulla Saydullaev



Quyidagi videoni ko'rib o'zingiz xulosa qiling.

TAS-IX 

 



TAS-IX emas


 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика