So’nggi yangiliklar

21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир"  0 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  142 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  34 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 4-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 4-tur statistikasi

14-15 aprel kunlari mamlakatimizda birinchi liganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
 Odatdigidek mazkur ortda qolgan o'yinlardagi etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

“KOSONSOY” VA “UZDONGJU” PESHQADAMGA AYLANDI YOXUD G'ALABA QOZONA OLMAGAN “PAXTAKOR-2” BILAN “BUNYODKOR-2” QOLDI
Kosonsoyliklar 4-turni ham safarda o'tkazib, qaysidir manoda sensaciya qayd etdi desa ham bo'ladi. Mehmon Solixo'jaev jamoasi 14 aprel kuni “Oq-tepa” mehmoni bo'lib, irodali g'alabaga erishdi. O'yinning so'nggi 7 daqiqasida toshkentliklar darvozasini ikki bor aniq nishonga olgan “Kosonsoy” futbolchilari shu tariqa g'alaba qozonib, chempionat peshqadamiga aylanib oldi.

Undan keyingi o'rinni band etib turgan Andijonning “UzDongJu” jamoasi ushbu turni ham o'z maydonida o'tkazib, hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'ydi. Bundan oldingi o'yinda Qo'qondan durang bilan qaytgan “Bunyodkor-2” futbolchilari 4-turda maydonni boshi egik xolda tark etishga majbur bo'ldi.

Jafar Irismetov boshqaruvidagi “NBU-Osiyo” jamoasi asta-sekin o'z o'yinini topib borayotgandek go'yo. “Bankirlar” ushbu turda Uychining “Xotira-79” jamoasini qabul qildi va Abdulatif Abduqodirovning dubli evaziga muvaffaqiyat qozondi.

“Qo'qon-1912” esa bu gal Toshkentning “Obod” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan mezbonlar yakunda o'z hisobiga uch ochko yozdirib qo'ydi. Ushbu g'alabadan keyin qo'qonliklar 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

15 apre kuni bo'lib o'tgan o'yinlardan biri “CHust-Paxtakor” – “Paxtakor-2” bahsida maydon egalari arang g'alabaga erishdi. CHustliklarning ushbu muvaffaqiyati joriy mavsumdagi birinchisi bo'ldi. Jamoa futbolchilari 90+2-daqiqada iroda ko'rsatib, Farhod SHokirovning goli evaziga g'alabaga erishdi. Dilshod Nuraliev boshchiligidagi “Paxtakor-2” esa hanuz g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

“Lokomotiv-BFK” – “Istiqlol” bahsi 15 aprel kuni tushlik paytida o'tkazilganidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak. Uchrashuvda mezbonlar penaltidan gol kiritib, hisobni ochishga erishgan bo'lsa, o'yinning so'nggi daqiqalari tugab borayotgan bir paytda Isroil Tursunov o'zini ko'rsatib, “Istiqlol”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

GOLLAR
Mazkur ortda qolgan tur o'ynlarida hammasi bo'lib 14ta gol kiritilgan.

Ularning 10tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 4ta to'pni mehmon jamoalar kiritishgan.

O'yinlarning birinchi taymida muxlislar 5ta gol ko'rishgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda sermahsullik yanada oshdi va 9ta gol kiritilgan.

Turning eng tezkor golini “Lokomotiv-BFK” futbolchisi Sarvar Safarov 10-daqiqada penaltidan kiritgan.

Aksincha turning eng so'nggi goli “Kosonsoy” futbolchisi Sardor Sotvoldiev hisobiga yozildi. Uning mazkur goli kosonsoyliklarga g'alaba keltirgani etiborga molikdir.

Turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “UzDongJu” bo'ldi. Andijonliklar “Bunyodkor-2” darvozasini 3 bor aniq nishonga olishdi.

“Qo'qon-1912”, “NBU-Osiyo” hamda “CHust-Paxtakor” 4-turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan jamoalar bo'ldi.

Ushbu turda atiga bitta uchrashuvda penalti sodir bo'ldi. “Istiqlol” darvozasi tomon belgilangan penaltini “Lokomotiv-BFK” azosi Sarvar Safarov aniq amalga oshira oldi.

Mazkur jamoalar o'rtasida kechgan bahsda mehmonlar hujumchisi Isroil Tursunov 90+2-daqiqada gol kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgani tahsinga loyiqdir.

Huddi shunday daqiqada “CHust-Paxtakor” o'yinchisi Farhod SHokirov ham “Paxtakor-2” darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga uch ochko keltirdi. Aytish kerakki, ushbu g'alaba chustliklarning chempionatdagi dastlabkisi bo'ldi.

So'nggi daqiqalarda gol kiritib, irodali durang va g'alabalarga erishganlar haqida gap ketganida “Kosonsoy”ni ham chetlab o'ta olmaymiz. Negaki bu jamoa Toshkentda “Oq-tepa”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berayotib, yakunda ikkita to'p kiritib g'alabani ilib ketgani etiborga molikdir.

4-turda dubl qayd etganlar soni 2tani tashkil etdi. “Qo'qon-1912”ning istedodli o'yinchisi Abdullajon Mirzaev “Obod” bilan o'yinda raqib posbonini ikki bor ranjitib jamoasiga uch ochko keltirdi.

“NBU-Osiyo” hujumchisi Abdulatif Abduqodirov ham ushbu turda dublga erishdi. “Bankirlar”ning “Xotira-79” ustidan g'alabaga erishishida aynan uning ikki goli etarli bo'ldi.

OGOHLANTIRISHLAR
O'tkazilgan o'yinlarda qayd etilgan sariq kartochkalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, hakamlar jami 21 nafar futbolchini ogohlantirgan. Ularning 8tasi birinchi bo'limda yuz bergan bo'lsa, ikkinchi taymda yana 13ta futbolchi sariq bilan siylangan.

Sariq kartochkalarning 12tasi mezbon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan. Qolgan 9tasi sariq esa mehmonlar hisobiga yozilgan.

Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi “Paxtakor-2” va Pskentning “Istiqlol” jamoalari mazkur turda birorta ham sariq kartochka olmagan va shu bilan birga eng intizom borasida namuna ko'rsatgan klub sifatida tarix zarvaraqlaridan o'rin oladigan bo'ldi.   

“UzDongJu” – “Bunyodkor-2” uchrashuvi nisbatan keskin o'tgan bahs bo'ldi. Sababi bosh hakam Olim To'ychiboev bu o'yinda 5ta futbolchini sariq bilan siyladi!

TOMOSHABINLAR
Muxlislarning stadionlarga tashrifi haqida ko'p va xo'p yozildi. Birinchi ligada muxlislarni stadionga borishiga qandaydir qiziqarli marketing ishlari hech bir klub tomonidan amalga oshirilmayotganini aytib o'tish kerak. Aslida uy o'yinlarini bizga nomalum sabablarga ko'ra tushlik paytida o'tkazayotgan jamoalardan bunday marketing ishlarini kutishning o'zi kulgili bo'lsa kerak.
Futbol muxlislar uchun degan gap qaerda qoldi?! Etibor bering Toshkentda o'tayotgan uchrashuvlarga atiga 100-200ta tomoshibin kirmoqda. Nari borsa 1000ta bo'lishi mumkin. Ha to'g'ri, Lokomotiv-BFK – Istiqlol (1:1) bahsiga  1501 tomoshabin kirgani haqida o'yin qaydnomasida ko'rsatilgan. Soat 12:00da boshlangan o'yinga haqiqatdan ham shuncha ishqiboz kirganiga ishonish qiyin. Yana kim biladi deysiz. Asosiysi 1501 ta muxlis fakt bo'lib qoladi!

Bu borada eng ko'p tomoshabin yana Qo'qonda kechgan uchrashuvda kzatildi. Qo'qonliklar bu borada o'tgan mavsum ham etakchilik qilgandi.

Umuman olganda 4-turning 6ta o'yiniga hammasi bo'lib, 11680ta tomoshabin qadam ranjida qilgan.
Bu har bahsga o'rtacha 1946,6ta muxlis demakdir!

Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Oq-tepa – Kosonsoy – 1:2. 115 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Xotira-79 – 2:0. 115 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Obod – 2:0. 7501 tomoshabin.
Uz-Dong-Ju – Bunyodkor-2 – 3:1. 1125 tomoshabin.
CHust-Paxtakor – Paxtakor-2 – 1:0. 1323 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – Istiqlol – 1:1. 1501 tomoshabin.

4-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
 
 
#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kosonsoy430110 - 469
2UzDongJu43018 - 539
3Qo'qon-191242205 - 148
4Istiqlol42118 - 807
5Oq-tepa42026 - 606
6Xotira-7942026 - 606
7NBU-Osiyo42025 - 506
8Obod42026 - 7-16
9Lokomotiv BFK41304 - 316
10CHust-Paxtakor41034 - 7-33
11Bunyodkor-240133 - 7-41
12Paxtakor-240132 - 8-61

To'purarlar: Isroil Tursunov (IstiQlol) – 6, Abdurazzoq Jo'raev (Kosonsoy) – 4, Dilshod Nazirov (Kosonsoy), Islombek Isoqjonov (Xotira-79) - 3

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Bugun “sharq” mintaqasining 5-tur o'yinlariga start beriladi. Unda muxlislarga bir-biridan qiziq kechishi tahmin qilinayotgan o'yinlar kutib turibdi. Xususan Uychi tumanida “Xotira-79” – “Qo'qon-1912” bahsi bugun jangavor kurashlarga boy ruhda o'tishi aniq.

Turnir jadvalida bir xil ochko jamg'arib peshqadamlik qilayotgan “Kosonsoy” va “UzDongJu” jamoalari bugun Kosonsoyda o'zaro hisob-kitob qiladi.

CHempionatda hanuz g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Paxtakor-2” esa bugun o'z maydonida “NBU-Osiyo”ni mag'lub etishga bor kuchini ishga solishi aniq.

SHuningdek “Istiqlol” – “Oq-tepa” qarama-qarshiligi ham keskin o'tishi mumkin.

Mazkur turning yana ikki o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

5-tur. 24 aprel (payshanba)
“Xotira-79” – “Qo'qon-1912”
“Kosonsoy” – “Uz-Dong-Ju”
“Istiqlol” – “Oq-tepa”
“Paxtakor-2”– “NBU-Osiyo”
25 aprel (juma)
“Bunyodkor-2” – “CHust-Paxtakor”
“Obod” – “Lokomotiv-BFK”

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика