So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: Muxtor Qurbonov! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: Muxtor Qurbonov!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan murabbiylar tanlovida eng ko'p ballni Muxtor Qurbonov to'pladi. Etibor bering, g'uzorliklar bu yil raqiblariga nisbatan har tomonlama kuchli bo'ldi. To'g'ri, “SHo'rtan”ning tarkibi nisbatan kuchli futbolchilar hisobiga tuzilgandi. Bunday tarkib bilan hamma murabbiy ham jamoani elitaga olib chiqish mumkin degan fikrga boruvchilarga shuni aytib o'tishni istardikki, yulduzlarni birlashtirib, ularni maqsad yo'lida etaklash hamma murabbiyning ham qo'lidan kelmaydi. Bunga bir qancha misollarni keltirish mumkin. Qurbonov bosh murabbiy sifatida ilk yutug'ini ko'lga kiritdi. 38 yoshli murabbiy kelasi yil oliy ligada bosh murabbiy sifatida debyutini nishonlashga juda yaqin turibdi. Klub rahbarlari unga ishonch bildirishda davom etishini bildirmoqda. Demak, Muxtor akaning haqiqiy kuchini keyingi mavsum bilib olamiz.
Keyingi o'rinni Dilshod Andaev egalladi. Muboraklik murabbiy yoshlar bilan ishlash hadisini olganlar toifasiga kiradi. Bu yil ham “Mashal-2”da akademiya tarbiyalanuvchilari evaziga kurashchan jamoa shakllantirgani tahsinga loyiqdir. Albatta bund Andaevning yonidagi assisentlarining xizmatlari ham katta bo'ldi.

3-o'rinda “UzDongJu” bosh murabbiyi Nozim Mullaoxunov bo'ldi. Mahalliy mutaxassis jamoani chempionat boshlanishiga 10-15 kun qolganida qabul qilib olgan bo'lsada, qisqa fursat ichida yakdil tarkib tuza oldi. Bu esa uning muvaffaqiyatlariga yo'l ochdi. Har bir bahsda maydonda munosib kurashgan andijonliklarning chempionatni 5-o'rinda yakunlashida Mullaoxunovning ham xissasi katta bo'ldi.

Nematulla Qutiboevga kerakli sharoitlar yaratib berilsa, mahalliy o'yinchilar evaziga kurashchan jamoa tuza olishini bu yil amalda isbotladi. “Orol” o'tgan yilga nisbatan ushbu mavsum yaxshi ishtirok etdi. Tabiiyki bunda Qutiboevning xissasi katta bo'ldi.

Mavsumning kashfiyot jamoasi “Obod”ning debyut mavsumidayoq 3-o'rinni egallashida Xayrulla Abdievning ham xizmati bor. Rasmiy sifatida bosh murabbiy bo'lsada, lekin amalda ikkinchi bo'lib ishlashga ham rozi bo'lib faoliyat yuritadigan Abdiev “Obod”da o'zi yaxshi bilgan o'yinchilarni taklif etib, kurashchan jamoa shakllantirdi.
 
Eng yaxshi murabbiy:
Muxtor Qurbonov (“SHo'rtan”) 5 2 5 4 16
Dilshod Andaev (“Mashal-2”) 4 3 3 5 15
Nozim Mullaoxunov (“UzDongJu”) 2 1 4 3 10  
Nematulla Qutiboev (“Orol”) 3 2 2 2 9
Xayrulla Abdiev (“Obod”) 1 5 1 1 8
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика