So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi hujumchisi: Abdulatif Abduqodirov! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi hujumchisi: Abdulatif Abduqodirov!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan oldingi chiziq vakillari orasida bu yil Abdulatif Abduqodirov nisbatan o'zini ko'rsatishga erishdi. Birinchi bosqichda “NBU-Osiyo” sharafini himoya qilgan futbolchi 21ta gol kiritdi. Bu esa unga oliy liga sari yo'l ochdi. Davralar oralig'ida Abdulatif elita qatnashchisi “Andijon”ga o'tdi. Oliy ligada ham u o'zini yo'qotib qo'ymadi va birin-ketin gollar urdi.

Undan keyingi o'rinni Doniyor Usmonov egalladi. Iqtidorli hujumchi ikkinchi bosqich arafasida “Qo'qon-1912” tarkibiga kelib qo'shilib, qisqa fursat ichida o'zini ko'rsata boshladi. 20 yoshli hujumchining jami 16ta to'p kiritib, ikkinchi bosqich to'purari bo'lgani ham fikrlarimizni tasdiqlab turibdi.
CHempionat to'purari bo'lgan Viktor Klishinni ko'pchilik nima uchun “Eng yaxshi hujumchi” bo'lmadi deb o'ylashi mumkin. Gap shundaki, tajribali hujumchi ajoyib pleymeykerlarga ega bo'lgan “SHo'rtan”da o'ynab to'purarlik qildi. Qolaversa ilgari oliy ligada o'ynab ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Viktor bu yil birinchi ligada ikkinchi mavsumni o'tkazdi. Ko'ramiz murabbiylar shtabi uning xizmatiga kelgusi yil ham extiyoj sezarmikin.

“Orol” hujumchisi Navro'z Haipov ham bu yil chakki ko'rinmadi. O'z joyidan tez qo'zg'ala olishi bilan etiborimizni tortdi. Juda tezkor o'yinchi va yakka kurashlarda ko'pincha yutib chiqadi. 24 yoshli futbolchi yaqin orada oliy liganing birorta klubiga borib qo'shilsa ajablanmaymiz. Malumot uchun Haipov bu yil 15ta gol kiritdi.

“Zomin”da bu yil Doniyor Ismoilov o'zini ko'rsatdi. 20 yoshli hujumchi sermahsulligi bilan ko'pchilikni etiborini tortdi. Doniyor birinchi bosqichda 6ta gol kiritdi. Mavsumning ikkinchi qismida esa o'z hisobiga yana 8ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Jizzaxning birinchi raqamli jamoasi “So'g'diyona” ustozi Davron Fayziev bu hujumchini qishki yig'inlar chog'ida sinab ko'rsa yaxshi bo'lardi.  

Eng yaxshi hujumchi:
Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”) - 17  
Doniyor Usmonov (“Qo'qon-1912”) - 16
Viktor Klishin (“SHo'rtan”) - 15
Navro'z Haipov (“Orol”) - 7
Doniyor Ismoilov (“Zomin”) - 5
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика