So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   16 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

Birinchi liga. Ikkinchi bosqichdagi klub to'purarlari haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqichdagi klub to'purarlari haqida

Yakuniga etgan birinchi liganing ikkinchi bosqichida o'z klublari safida to'purarlik qilgan futbolchilarni etiboringizga havola etamiz.

Zero bu bilan oliy liga klublarining murabbiylariga qandaydir ko'magimiz tegar. Bundan tashqari ishqibozlar uchun ham o'z sevimli klubining to'purari haqida bilish qiziq bo'lishi turgan gap.

Ikkinchi bosqich to'purari SHoxruz Norxonov bo'ldi. “Obod” jamoasining 22 yoshli hujumchisi o'zi hisobiga 17ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Ajab emaski Norxonov yaqin orada OTJdan ham chaqiruv olsa. 

SHoxruz Norxonov

Undan keyingi o'rinni esa Doston Toshmatov egalladi. “Zomin” tarkibida so'nggi uch yildan buyon to'purarlik mahoratini ko'rsatib kelayotgan ushbu futbolchini ham kelasi yil oliy ligada ko'rsak ajab emas.

Kuchli uchlikni – Temur Hakimov, Elyor Akbarov va Olim Navkarov yakunlab berishdi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan ushbu futbolchilar joriy mavsum klubi uchun ko'plab gollarni urgan xolda, qimmatli ochkolarni taqdim etishdi. 

Akmal Jo'raboev

Ko'ramiz bu nomlardan qaysilarini kelasi yil elita klublarida uchratar ekanmiz.

Birinchi liga bilan xayrlashgan Buxoroning “G'ijduvon” jamoasida bu yil ham Mansur Otaqulov tez-tez o'zini eslatib turdi. Birinchi liga toifasida tajribali bo'lgan Otaqulovni kelasi mavsum elitaning biror-bir klubi yig'inda sinab ko'rsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Xar xolda bekordan-bekorga to'purarlar ro'yxatida yurmagandir. Boz ustiga autsayder jamoa safida o'ynab bunday natija qayd etish qiyin. 

Mansur Otaqulov

Ikkinchi bosqichda o'z klubi safida eng ko'p gol urgan futbolchilar
1. “Obod” – SHoxruz Norxonov 17ta
2. “Oq-tepa” – Temur Hakimov 12ta
3. “UzDongJu” – Akmal Jo'raboev 9ta
4. “Cementchi” – Elyor Akbarov 12ta
5. “Zomin” – Doston Toshmatov 16ta
6. “NBU-Osiyo” – Olim Navkarov 12ta
7. “Xorazm” – Temur Bekjonov 7ta
8. “Yozyovon-L” – Bekzod Maxpraliev 7ta
9. “Paxtakor-2” – Behruz Sodullaev 6ta
10. “Nasaf-2” – Ilhom Alijonov 3ta
11. “Kosonsoy” – Abdurazzoq Jo'raev 7ta
12. “Mashal-2” – Asliddin Abdiev 5ta
13. “Orol” – Javlon Pirimbetov 3ta
14. “Xotira-79” – SHoxjahon Abbosov 7ta
15. “Lokomotiv-BFK” – Hayotbek Sotvoldiev 4ta
16. “G'ijduvon” – Mansur Otaqulov 8ta


Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика