So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  0 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  10 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

Birinchi liga. Hozircha chakki ko'rinmayotgan “Obod” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Hozircha chakki ko'rinmayotgan “Obod” haqida

Bu yil birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazayotgan Toshkentning “Obod” jamoasi hozircha chakki ko'rinmayapti.
Xayrulla Abdiev va Farhod Safarov boshqaruvidagi jamoa mavsum boshida o'z tarkibini birinchi liga toifasida tajribali sanalgan o'yinchilar bilan kuchaytirib olgandi.
Bu esa ularga qo'l kelmoqda, ayniqsa Rasul SHuhratov, Sanjar To'raqulov, Doniyor Usmonov singari o'z vaqtida “Bunyodkor” yoshlar jamoasida malaka oshirgan futbolchilarning foydasi katta bo'layotganini alohida aytib o'tishimiz joiz.



Har holda “Obod”ni birinchi bosqichda 3-o'ringa ko'tarilishini o'zi bo'lmaydi. Bu jamoa mavsumning birinchi qismida hamma jamoadan ochko olgani bilan ham etiborimizni tortdi. Hattoki oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan “Qo'qon-1912” va “Oq-tepa” ham aynan “Obod”ga qarshi o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berdi. Liganing doimiy ishtirokchisi “NBU-Osiyo”ni esa ikki o'yinda ham mag'lub eta olgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, jamoada ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Dastlabki mavsumning o'ziga buni ijobiy natija deb baholadik.



Ko'ramiz, ikkinchi bosqichda ham “Obod” o'zini ko'rsata olarmikin?

Toshkentliklar o'tkazilgan 22ta o'yinda raqiblari darvozasini 37 bor aniq nishonga ola bildi. Jamoa safida eng ko'p gol urgan futbolchi esa Rasul SHuhratov bo'ldi. 22 yoshli hujumchi o'z hisobiga 9ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.
Birinchi bosqichda “Obod” darvozasini qo'riqlagan Bekzod Omonullaev bilan Viktor Mochalov o'z darvozalaridan 27 marotaba to'p olib chiqishga majbur bo'lgan.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

Pen.

Rasul SHuhratov

9

(3)

Sanjar To'raqulov

7

(2)

Doniyor Hasanov

3

Baxtiyor Qosimov

2

G'ayrat Umirov

2

Javlon Iskandarov

2

Umid Boqiev

2

SHerzod Jalilov

2

(1)

Bilol Toshmirzaev

1

Dilshod Umarxonov

1

Karim Nurmatov

1

Linar Abdurafikov

1

Mirzohid Mirsaidov

1

Umid Matmusaev

1




Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

37

Uyda

20 (54,05%)

Safarda

17 (45,95%)

O'tkazib yuborilgan gollar

27

Uyda

9 (33,33%)

Safarda

18 (66,67%)

O'rtacha urilgan gollar

1,68

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,23

Uydagi ochkolar

25/33 (75,76 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

17/33 (51,52 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 – “Istiqlol”, “UzDongJu”

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “Paxtakor-2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

7 (31,82%)

Gol ura olmagan o'yinlar

5 (22,73%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

2

Yirik g'alaba

3

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

2/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

45 (2,05)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

4 (0,18) - 3/1

Muxlislar (jami/o'rtacha)

17565/798



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика