So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday?

Bugun nihoyat 7-tur o'yinlariga yakun yasaladi. Odatga ko'ra, bo'lajak bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilamiz.

16:15. “UzDongJu” – “Mashal-2”

Andijonliklarning g'alabasiga shubha yo'q. Lekin muborakliklardan ham har narsa kutish mumkin. Gohi gohida Dilshod Andaev jamoasi sensaciya qilib turishga odatlangan. “UzDongJu” o'tgan yili bu jamoani Andijonda 3:1 hisobida taslim eta olgandi. Bugungi o'yin mezbonlari tarkib va tayyorgarlik borasida mehmonlardan biroz ustunroq deyish mumkin. Qolaversa “bo'yoqchilar” o'tgan turda safarda “Xorazm” ustidan ishonchli g'alabaga erishgandi. Bu esa ularga ruhiy jihatdan kuch bag'ishlasa ajab emas. 

Imkoniyatlar: 70x30.


16:30. “Yozyovon-Lochinlari” – “G'ijduvon”

Mazkur uchrashuvda ham mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholash mumkin. Sababi “G'ijduvon”ni safardan ochko bilan qaytib ketishi bugun juda qiyin. Aniqrog'i bunga “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi yo'l qo'ymasa kerak. Lekin mezbonlar tarkibida ikkita yo'qotish mavjud. Muhridin Mamasoliev bilan Abror Ismoilov diskvalifikaciya tufayli bugungi bahsni tomoshabinlar qatorida kuzatadi.

Imkoniyatlar: 75x25. 


16:30. “Cementchi” –”Orol”

“Orol” jamoasining Quvasoyga 11 nafar futbolchi bilan tashrif buyurayotgani haqida yozib o'tdik. Jamoada moliyaviy muammolar mavjudligi bois, bizningcha shunday xolatga tushib qolgan bo'lsa kerak. Nematulla Qutiboev ham uzoq safarlarga kamdan-kam chiqmoqda. O'zi bilan bu borada gaplashganimizda, sog'ligi bilan bog'liq muammolar borligini aytib o'tgandi. Bu esa tabiiyki “Cementchi”ning foydasiga xizmat qiladi. Ammo davralar oralig'ida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib olgan quvasoyliklarga ko'pincha barqarorlik etishmayapti. Balki bu tarkibning yangitdan tuzilgani bilan bog'liqdir. 

Imkoniyatlar: 60x40.


16:30. “Xotira-79” – Nasaf-2”

Uychiliklarga ham bugungi uchrashuvda oson bo'lmasligi turgan gap. Sababi “Nasaf-2”ni jiddiy qarshilik ko'rasatishini tahmin qilish mumkin. Nurali Sultonov boshqaruvidagi “ajdarlar” imkon qadar safardan bir ochko olib qaytishni maqsad qilayotgan bo'lishi ham mumkin. Lekin “Xotira-79” ham qanday bo'lmasin o'z maydonida osonlikcha ochko yo'qotmaslikka urinadi. 

Imkoniyatlar: 60x40.


16:30. “Kosonsoy” – “Lokomotiv-BFK”

O'tgan turda o'z maydonida “Oq-tepa”ni mag'lub eta olgan, “Lokomotiv-BFK”ning kayfiyati yuqori deyish mumkin. Sunnat Abdurasulov shogirdlari mana endi-endi kutilgan o'yinni namoyish etmoqda deyish mumkin. “Temiryo'lchilar” bugun “Kosonsoy”ga ham jiddiy qarshilik ko'rsatsa ajab emas. Lekin mezbonlar ham o'z maydonida qarab turmaydi. Tarkib borasida nisbatan kuchli bo'lgan kosonsoyliklar har qanday xolatda o'z uyida mag'lub bo'lmasligini oldingi turlarda isbotlagan. 

Imkoniyatlar: 65x35.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика