So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Birinchi liga. 13-tur oldidan kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 13-tur oldidan kimda imkoniyat qanday?

Teglar :  Birinchi liga13-tur
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 13-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bo'lajak bahslar oldidan kimda imkoniyat qanday? Quyida shu haqda so'z yuritamiz.

“UzDongJu” – “Zomin”
Bemalol aytish mumkinki, mazkur to'qnashuv shubhasiz turning markaziy o'yinidir. Turnir jadvalida yonma-yon o'rin olgan ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs keskin va murosasiz ruh ostida o'tishi turgan gap. Andijonliklar o'z uyida g'alaba qozonib, 3-o'ringa mustahkam o'rnashib olishga intiladi. Zominliklar esa imkon qadar safardan bir ochko bilan qaytishga urinadi. “UzDongJu” birinchi davrada Zominda 4:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Ko'ramiz bu safar “bo'yoqchilar” revansh olarmikin.
Imkoniyatlar: 55x45.

“Yozyovon-Lochinlari” - “Obod”
Ikkinchi bosqichda “ochilib” ketgan “Yozyovon-Lochinlari” oxirgi vaqtlarda ko'pchilikni hayron qoldirmoqda. Garchi jamoada moddiy muammolar etarlicha bo'lsada, futbolchilar jon qoyitib o'ynamoqda. Yo'qsa safardan ham bir necha marotaba ochko olib qaytilmasdi. Bugungi bahsda ham “Obod”ga oson bo'lmaydi. To'g'ri, toshkentliklarda tajriba yuqori va ularda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ammo vodiyda har qanday klubga qiyin kechadi. Muxlislarning daldasi ham mezbonlarga bugungi bahsda qo'l kelishi mumkin. Aytish joizki, birinchi davrada “Obod” ushbu raqibini Toshkentda qabul qilib, javobsiz naqd 9ta (!) to'p kiritgandi. Yozyovonliklar ushbu yirik mag'lubiyatdan keyin revansh olishga astoydil bel bog'lagan. Qolganini o'yin ko'rsatadi.
Imkoniyatlar: 45x55.

“Cementchi” – “Xorazm”
Quvasoyda o'ynash ham hech bir mehmon jamoaga oson emas. Avvalo shuni aytib o'tishni istardikki, “Xorazm” jamoasi kecha Farg'onaga etib kelgan. Bosh murabbiy Vali Sultonov bilan darvozabon G'ayrat O'daev kecha bo'lib o'tgan “Neftchi” – “Andijon” uchrashuvini bevosita stadionda kuzatib bordi. Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, mezbonlarning imkoniyati biroz yuqorirokdek ko'rinmoqda. Birinchi davradagi bahsda urganchliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu gal endi katta extimol bilan “Cementchi” yutsa kerak.
Imkoniyatlar: 60x40.

“Xotira-79” - “Mashal-2”
O'tgan turda “G'ijduvon”dan qahshatqich zarbaga uchragan “Xotira-79”ni bugun ham jiddiy sinov kutib turibdi. Muxlislarga yaxshi malumki, Dilshod Andaev boshqaruvidagi “Mashal-2” jamoasi ko'pincha vodiydan ochko bilan qaytadi. Bugungi bahsda ham ularning imkoniyati yuqori. Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida muborakliklar 3:0 hisobida g'olib chiqqandi.
Imkoniyatlar: 50x50.

“Kosonsoy” - “G'ijduvon”
O'tgan turda Nukusga borishdan bosh tortgan “Kosonsoy” endi o'z uyida chempionat autsayderini qabul qiladi. G'ijduvonliklarning garchi ligani tark etishi aniq bo'lib borayotgan ersada, safar o'yinlariga haminqadar borib o'ynab kelayotganini bugungi kunda ijobiy xolatlardan biri deyish mumkindir. SHerzod Sattorov boshchiligidagi “G'ijduvon” o'tgan tur uzoq kutilgan g'alabani tantana qildi. Ularda ruhiy ustunlik bor deyish mumkin. Lekin “Kosonsoy” ham o'z uyida kamida durang qayd etar. Yana kim biladi deysiz. Jamoalarning birinchi davradagi bahsida 2:2 hisobi qayd etilgandi.
Imkoniyatlar: 50x50.

“Oq-tepa” – ”Orol”
Nukusliklar ustozi Nematulla Qutiboev bilan kecha bog'langanimizda, Toshkentga borishlarini takidlab o'tgandi. Demak, o'yin bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvda so'zsiz mezbonlar favorit. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Raqibni mensimaslik ham salbiy oqibatlarga olib kelishini ko'p bor guvohiga aylanganmiz. Birinchi davradagi bahsda toshkentliklar 1:0 hisobida zafar quchganini ham aytish lozim.
Imkoniyatlar: 60x40.

“NBU-Osiyo” - “Nasaf-2”
Mazkur qarama-qarshilik ham murosasiz ruh ostida o'tishini tahmin qilish mumkin. Boisi mezbonlar o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmaslikka intilsa, “Nasaf-2” ham o'tgan turda yo'qotilgan ochkolarni qaytarish ilinjida o'ynaydi. Qarshida o'tgan birinchi o'yinda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonganini takidlash joiz.
Imkoniyatlar: 60x40

23 oktyabr (juma)
“Paxtakor-2” – “Lokomotiv-BFK”

Ertaga bo'lib o'tadigan mazkur uchrashuv ham keskin-kurashlar ostida o'tsa ajab emas. Derbi o'yinlari doimo murosasiz tarzda kechgan. Ilk uchrashuvda “Paxtakor-2” “temiryo'lchilar” maydonidan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi. Ko'ramiz bu safar qanday natija qayd etilar ekan.
Imkoniyatlar: 55x45.
 

Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика