So’nggi yangiliklar

17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  0 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  0 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  5 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  3 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  2 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  4 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  3 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   4 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7

Bir o'yin tarixi (uchinchi maqola) Yangiliklar

Bir o'yin tarixi (uchinchi maqola)

“G'uzor rekordlar shahri” yoxud “Oq bo'rilar” jamoasining Xalqaro musobaqadagi ilk g'alabasi.

Xabaringiz bor, “Oq bo'rilar” jamoasi matbuot bo'limi xizmati xodimlari “Championat.asia” sayti bilan hamkorlikda muxlislarga “Bir o'yin tarixi” rukni ostida g'uzorliklarning yaqin o'tmishidan guvohlik beruvchi eng sara maqolalarni foto suratlar bilan berib bormoqda.

Bugun navbat uchinchi maqolaga keldi. O'z tarixida ilk bor Xalqaro musobaqa - Osiyo Futbol Konfederaciyasi Kubogida ishtirok etgan “SHo'rtan” jamoasi 2011 yilning 15 mart sanasida, G'uzorda birinchi o'yinini o'tkazdi. Bahsda to'liq ustunlikka ega bo'lgan “Oq bo'rilar” jamoasi yirik - 7:2 hisobida g'alabaga erishdi. Bu sevimli jamoamizning Xalqaro musobaqada o'z uyida o'tkazgan birinchi o'yini, ilk va tarixiy g'alabasi edi.

Uchrashuvdan so'ng, Osiyo Futbol Konfederaciyasining rasmiy veb-saytida “Bunyodkor” (Toshkent) jamoasining bugungi kundagi Bosh direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Ulug'bek Mirzaev muallifligida “G'uzor - rekordlar shahri”, deb nomlangan tarixiy maqola chop etildi va unda O'zbekistonning “SHo'rtan” jamoasi turnirda o'z raqibidan yirik hisobda g'alaba qozonganligi etirof etildi. Bu bizning jamoamiz uchun yuksak baho edi.

OFK KUBOGI-2011. “V” GURUHI. 2-TUR
“SHo'rtan” (G'uzor, O'zbekiston) - “Al-Saqr” (Toiz, Yaman) - 7:2. G'uzor “Markaziy” stadion. 6 225 tomoshabin. 15 mart, soat 16:30.
Hakamlar:
R.Xolov, S.SHoymardonov, D.Nazipov. Zaxiradagi: R.Ishmatov (hammasi Tojikiston).
“SHo'rtan”: 30.Aleksandr Korneychuk, 2.Yaroslav Krushelnickiy, 20.Timur Sultonov, 15.Vadim Afonin, 17.Vyacheslav Ponamaryov (Avaz Agaliev, 67),
33.Urosh Milasavlevich, 11. Ilnur Xazigaliev (Javadullo Ibragimov, 64), 19.Aleksandr Merzlyakov, 5.Predrag Vuyovich (Laziz Ubaydullaev, 73), 10.SHahboz Erkinov, 9.Igor Taran.
Bosh murabbiy: Edgar Gess.
“Al-Saqr”: 1.Gaem Nosir (Ziyod Muhammad, 59), 4.Xolid Al Taxesh, 13.Sami Muhammad, 20.SHukri Rami, 33.Muhammad Faysal, 18.P.Ndombe, 5.Murod Nagate (Zohir Ali, 84), 22.Xolid Abdulloh, 15.Tamer Muhammad (Adnan Ali, 58), 8.Galal Abdulloh, 17.Y.Abay.
Bosh murabbiy: Ibrohim Yusuf
Gollar: Vadim Afonin (42, 56), Predrag Vuyovich (49), SHahboz Erkinov (52, 65), Igor Taran (77), Laziz Ubaydullaev (80) - Murod Nagate (68), P.Ndombe (90+2).
Ogohlantirishlar: L.Ubaydullaev (84) - SHukri Rami (21).

Klub matbuot xizmati tomonidan tarixga muhrlangan o'sha o'yin davomidagi qiziqarli holatlardan lavhalarni etiboringizga havola etamiz. “Oq bo'rilar” jamoasining yaqin o'tmishdagi tarixiga bir nazar tashlang, ko'ring, zavqlaning, fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing.

Avval xabar berganimizdek, “SHo'rtan” jamoamizning tarixiy o'yinlari va foto lavhalarini doimiy ravishda berib borishga harakat qilamiz.


Muxlislar o'yin boshlanishini intizorlik bilan kutib turishibdi.



Tanishing bu "Al-Saqr" jamoasi


Bu esa "SHo'rtan" jamoasi



Jamoa sardorlari va hakamlar guruhi.



Bosh hakam: R.Xolov. Yordamchi hakamlar: S.SHoymardonov, D.Nazipov. Zahira hakam: R.Ishmatov.



"Oq bo'rilar"ning 2011 yildagi tarkibi



O'yin boshlandi. To'p bilan Vadim Afonin



Vyachislav Ponamaryov to'p bilan raqib himoyachisini aldab o'tyapti.


Predrag Vuyovich hujumga o'tyapti.


O'yin qoidasi buzildi.


Burchak zarbasi. Al-Saqr darvozasi oldida xavfli vaziyat.



SHaxboz Erkinov to'pni xavoda to'xtatmoqda


Aleksandir Merzlyakov to'pni o'tkir burchak ostida oshirmoqda.



Ilnur Xazigaliev maydon markazidan hujumni boshlayapti.



Bosh hakam Rustam Xolov voqiyalar rivojini ko'zatmoqda.



Navbatdagi qoidabuzarlik



Gol va gol zavqini nishonlash.



"SHo'rtan"dan bir o'yin tarixi 

Bir o'yin tarixi. G'uzordan - Al-Kuvaytgacha...        

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика