So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  213 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  15 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  6 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1

Bir o'yin tarixi. Otabek SHukurovdan supergol, "So'g'diyona" - "Buxoro" 2:3 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Otabek SHukurovdan supergol, "So'g'diyona" - "Buxoro" 2:3

2015 yilgi Oliy liganing so'nggi turiga qaytamiz...

Oxirgi turdan oldin "Buxoro" 23 ochko bilan so'nggi 16-o'rinda edi, 15-o'rindagi "Dinamo"da 24, "So'g'diyona" hisobida 26 ochko bor edi.

O'sha mavsum Oliy ligada so'nggi o'rinni egallagan jamoa Birinchi ligaga tushib ketardi. 15-o'rindagi jamoa "Oq-tepa" bilan Oliy liga uchun o'tish o'yinida ishtirok etardi.

SHu bois so'nggi turda Jizzaxdagi "So'g'diyona" - "Buxoro" uchrashuvi yil o'yiniga qiyoslandi.

Uchrashuv mehmonlarning ikkita tezkor gollari bilan boshlandi. Dastlab Otabek SHukurov deyarli 35 metrlardan belgilangan jarima to'pini darvozaga yo'lladi. Oradan ko'p o'tmay Suhrob Nematov ham jarimadan gol urdi - 0:2. Bu "So'g'diyona" uchun muzdek dush edi.

74-daqiqada mezbonlar hujumchisi Jasur Hakimov himoyachilar xatosidan keyin hisobni qisqartiradi - 1:2.

83-daqiqada qanotdan uzatilgan to'pni Jamoliddin Ubaydulloev "So'g'diyona" darvozasiga yo'llaydi - 1:3.

Keyingi daqiqada Akmal Abdurahmonov darvozabonning xatosidan keyin yana hisobni qisqartiradi - 2:3.

Qolgan vaqt davomida hisob o'zgarmaydi va so'nggi o'rindagi "Buxoro" ochkolari sonini 26taga etkazib oladi hamda 14-o'ringa chiqib oladi. Sababi "Dinamo" parallel o'tgan bahsda o'z uyida "Olmaliq"ni yuta olmaydi - 1:1.

SHu tariqa 25 ochko yiqqan "Dinamo" Oliy ligani tark etadi. 26 ochko to'plagan va "Buxoro"ga o'zaro o'yinlarda yutqazgan "So'g'diyona" 15-o'rinni egallab "Oq-tepa"ga qarshi o'tish o'yinini o'tkazgandi.

SO'G'DIYONA - BUXORO - 2:3 (0:2)
20.11.2015. 30-tur. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 10325 tomoshabin.
Bosh hakam:
Serazitdinov Viktor.
Gollar:
0:1 - SHukurov Otabek, 4
0:2 - Nematov Suhrob, 7
1:2 - Hakimov Jasur (Abdurahmonov Akmal), 74
1:3 - Ubaydullaev Jamoliddin (Sanoev Alisher), 83
2:3 - Abdurahmonov Akmal, 84

SO'G'DIYONA: Usmonov Doniyorjon (Spiridonov Mixail, 14); Orifov Elyor; Hamidov Sobir (Abdurahmonov Akmal, 67); Rashidov Sanjar; Hakimov Jasur; Muzaffarov Muzaffar; Qahhorov Sardor; Rahmatov Saydullo; Qosimov Bobur (Toshmatov Muqimjon, 56); Begimqulov Asiljon; Rihsiboev Sanjar.
BUXORO: Qobuljonov Sardor; Nematov Suhrob (Ponomarev Vyacheslav, 71); Narzullaev Otabek; Omonov Bobirjon; Murodov Marufxon (Ubaydullaev Jamoliddin, 46); SHukurov Otabek; Melzitdinov Ruslan; Ibragimov Aziz; Smolyachenko Pavel; CHipev Nikolay (Umurov Nozim, 90); Sanoev Alisher.

Ogohlantirishlar: Qahhorov Sardor, 6; Smolyachenko Pavel, 10; Omonov Bobirjon, 55; Orifov Elyor, 64; Rihsiboev Sanjar, 70.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика