So’nggi yangiliklar

03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  7 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  9 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  1 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  2 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  4 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:56Европа лигаси. "Атлетик", "Лион", "Лацио" бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 21:48Конференциялар лигаси. "Хайденхайм" - "Челси" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  2 21:17Анвар Бердиев: "Плей-оффда ким рақиб бўлишидан қатъий назар ўйнашимиз керак"  3 20:59Педри "Барселона" билан шартномасини узайтиради  1

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvni yodga olamiz

Sir emaski Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'zining eng yorqin damlarini mutaxassis Yuriy Sarkisyan davrida o'tkazgan.

Uning boshqaruvida klub ichki chempionatda sovrindorlar qatoridan joy olish barobarida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda ham yomon ko'rsatkich qayd etmasdi.

Farg'onadagi eski stadionning o'zgacha fayzi bor o'yingoh klublar ishtirokidagi xalqaro o'yinlarni boshqa qabul qilmadi. So'nggi marotaba stadion 2012 yil OFK kubogi doirasidagi bahsga mezbonlik qilgandi.

Unda “Neftchi” Hindistonning “Salgaokar” klubini qabul qilgandi. Farg'onaliklar 2011 yil Oliy Ligada to'rtinchi o'rinni egallab OCHLdan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Esingizda bo'lsa o'sha vaqtlarda O'zbekiston uchun OFK kubogiga ham malum bir kvotalar ajratilardi. Hozirga kelib esa faqat OCHL uchungina kvotalar taqdim qilinmoqda. U ham yildan yilga kamayib borayotganini aytish joiz.

Xullas, quraga ko'ra yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Neftchi” “D” guruhida “Al-Vihdat” (Iordaniya), “Al-Oruba” (Ummon), “Salgaokar” (Hindiston) jamoalari bilan guruhdan chiqish uchun kurashishni boshladi. Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'ngi turda g'alaba qozonish yoki durang qayd etish talab etilardi. CHunki, bu paytga kelib vakillarimizda 8 ochko to'plab navbatdagi raund masalasini deyarli ijobiy tomonga hal qilib qo'yishgandi. Oxirgi turdagi g'alaba esa ortiqcha gap so'zga, hisob-kitobga o'rin qoldirmasdi. Raqibda esa yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi.

2012 yilning 8 may kuni “Markaziy” stadionga 14 mingdan oshiq muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishgandi. Stadionda haqiqiy futbol muhiti yuzaga kelgandi. Hozirda ko'pchilik o'sha damlarni qo'msashi tabiiy. Endi Sarkisyan davridagi jamoa qaytmasa kerak.

Uchrashuvdagi birinchi gol ishqibozlarni ko'p kuttirmadi. Hakam hushtagi yangrashi bilan tezkor hujumga o'tgan mezbonlar birinchi daqiqada Pavel Smolyachenkoning tezkor goli evaziga hisobni ochishadi. Ushbu futbolchi keyinchalik ham “Neftchi”da to'p tepdi. Faoliyati davomida legioner sifatida horijda to'p tepdi, Bekobodning “Metallurg” jamoasida to'p tepdi. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Smolyachenko yana bir raqib posbonini bezovta qilishga majbur bo'ldi va ikkinchi to'pni kiritdi. O'yinda etakchilikni qo'liga olgan Sarkisyan shogirdlari 77-daqiqada uchinchi golni urib amalda o'yin taqdirini uzil-kesil hal qildi. Gol muallifi – Anvar Berdiev. Mahoratli hujumchi 2012 yil jamoadagi so'ngi mavsumini o'tkazadi. Yil yakunida 19ta gol bilan Oliy Liga to'purari bo'lgan Berdiev 2013 yil “Bunyodkor” jamoasining taklifini qabul qildi va Toshkentga yo'l oldi.

Ha, bugun biz yodga olgan OFK kubogi bahsi hozirgacha Farg'ona mezbonligida o'tgan so'ngi xalqaro bahs bo'ldi. Sababi "Neftchi" bitta uchrashuvdan iborat 1/8 finalni "Arbil"ga qarshi safarda o'tkazib mag'lub bo'lib musobaqani tark etadi. O'sha mavsumdan so'ng “Neftchi”ning ishlari ortga keta boshladi, turnir jadvalida quyi o'ringa sho'ng'idi. 2013 yil “Guliston” bilan bahsdan so'ng Sarkisyan istefoga chiqarildi. Afsuski, 2012 yil “Neftchi”ning xalqaro maydonda ishtirok etgan so'nggi mavsumi bo'ldi. Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan "buyuk chinorlar" tez orada yana xalqaro maydon nafasidan bahra olar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. 

OFK kubogi. Guruh bosqichi. 6-tur
“Neftchi” (O'zbekiston) – “Salgaokar” (Hindiston) 3:0
08.05.2012. Farg'ona Qirguli, “Markaziy” stadion. 14000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Muhtar Al Yarimi (Suriya)
Gollar: Pavel Smolyachenko 1, 50 Anvar Berdiev 77.
“Neftchi”: Hislat CHilmatov, SHavkat Nasibullaev, Muhsin Nizomiddinov, Iqbol Boboxonov, G'ayrat Jumaev, Sardor Mirzaev (Otabek Isroilov, 85), SHerzod Hakimov, Pavel Smolyachenko (Izzat G'aniev, 67), Anvar Berdiev, Fahriddin Xolmurodov, Sardor Soibov, Anvar Berdiev.
Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Videoni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика