So’nggi yangiliklar

10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  4 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  9 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  13 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  4

Bilol Toshmirzaev futbolga kirib kelishi, o'zbek futboli tarixidagi eng kuchli murabbiy nomi va "Navbahor"ga muxlislik qilishi haqida Yangiliklar

Bilol Toshmirzaev futbolga kirib kelishi, o'zbek futboli tarixidagi eng kuchli murabbiy nomi va "Navbahor"ga muxlislik qilishi haqida

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Yaypanning "Turon" jamoasi o'tgan yili "Oq-tepa" jamoasi safidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Bilol Toshmirzaevni o'z safiga qo'shib oldi.

Saytimiz muxbiri mazkur futbolchi bilan uchrashib, intervyu tashkil etdi. Quyidagi ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

- Bilol, futbolga kirib kelishingiz haqida aytib bersangiz.

- Bolaligimdan futbolga bo'lgan qiziqishim yuqori. Yosh bola vaqtimda dadamdan futbol bilan shug'ullanishim haqida ruxsat so'raganman. Maktabimizda mashg'ulot o'tkazadigan murabbiy bo'lardi, shu kishidan futbolning dastlabki saboqlarini olganman. Tog'amning o'g'li 7-sinfda o'qiyotgan vaqtimda Respublika olimpiya zahiralari kollejiga o'qishga olib kelgan. Professional futboldagi faoliyatimni 2014-yilda Toshkentning "Obod" jamoasida boshlaganman.



- Bugunga qadar qaysi jamoalarda faoliyat olib borgansiz?

- Yuqorida aytganimdek 2014-yilda "Obod" jamoasida, 2015-2016 yillarda "Paxtakor" o'rinbosarlari safida, 2017-2018 yillarda "Navbahor"da, 2019-yilda "Oq-tepa"da, ayni damda esa "Turon" jamoasi safidaman.

- Yangi jamoangizda sharoitlar qanday ekan?

- "Turon" jamoasida futbolchilar uchun sharoitlar alo darajada tashkil etilgan. Xususan jamoaga tegishli bo'lgan "O'zbekiston" o'yingohi chimlari Evropa texnologiyasi asosida shakllantirilmoqda. Bundan tashqari yaqinda klub o'z akademiyasini ochish arafasida turibdi.

- Hozir "Turon"da ko'rikdamisiz yoki shartnoma imzoladingizmi?

- Jamoa safida dastlab ko'rikdan o'tdim va keyinchalik shartnoma tuzdik.

- Jamoaga sizni kim taklif qildi?

- "Turon" bosh murabbiyi Islom Ismoilov taklifiga binoan jamoaga qo'shildim.

- Superligada qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- O'zim Namanganda tug'ilganman, shu sababdan "Navbahor" jamoasiga muxlislik qilaman.



- Sizningcha, o'zbek futboli tarixida eng kuchli murabbiy kim?

- Qaysi murabbiy O'zbekiston terma jamoasini birinchi bo'lib jahon chempionatiga olib chiqsa, aynan o'sha murabbiyni eng kuchli deb bilaman.

- Hozirgi kunda qaysi futbolchini O'zbekistonda eng kuchli deb ayta olasiz?

- Bizda kuchli futbolchilar ko'p. Masalan Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Eldor SHomurodov, Ikrom Aliboev. Xullas, yana davom ettirsa bo'ladi.

- "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuviga taxminingiz...

- Bu uchrashuvda "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida o'ynaydi. Toshkentliklar tarkibida kuchli va tajribali futbolchilar yig'ilishgan. Ayni damda "Navbahor" jamoasi ham mavsumga juda yaxshi tayyorgarlik olib bormoqda. Bir narsa deyish qiyin, g'alaba uchun har ikki jamoada ham etarlicha imkoniyat bor.

- "Turon" jamoasi muxlislariga tilaklaringiz.

- Birinchi navbatda muxlislarimizdan doim o'yingohlarga tashrif buyurib bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lardim. "Turon" jamoasi o'z muxlislarini qadrlaydi. Nasib bo'lsa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini birgalikda nishonlaymiz degan umiddaman.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика