So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  18 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Bilasizmi? "Lokomotiv" o'z maydonidagi 42ta mag'lubiyatsiz o'yindan so'ng yana "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Bilasizmi? "Lokomotiv" o'z maydonidagi 42ta mag'lubiyatsiz o'yindan so'ng yana "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi

Kecha oliy liganing 22-turidan o'rin olgan bahsda "Paxtakor" TTZda "Lokomotiv"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, "Lokomotiv" so'nggi bor 2014 yil oliy liganing 20-turida o'z maydonida yutqazgan ekan. O'shanda ham "temiryo'lchilar"ni "Paxtakor" yutib ketgan. O'yindagi hisob "Paxtakor" foydasiga 3:1 bo'lgandi. 

O'sha yili "Lokomotiv" "Paxtakor"dan keyin yana ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazib, "Dinamo" va "Neftchi"dan ustun kelgan. 2015 yil "Loko" o'z maydonida yutqazmagan - 13 g'alaba, ikki durang. 2016 yilgi chempionatda ham xuddi shunday natija bo'lgan, yana 13 g'alaba va ikki durang. 

Bu mavsum esa "Lokomotiv" bungacha 10ta uchrashuvni o'z maydonida o'tkazib, shundan to'qqiztasida g'alabaga erishib, bir bor durang o'ynagandi. Uydagi 11-o'yin "Loko" uchun omadsiz yakunlandi, jamoa ashaddiy raqibi "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Raqamlarni umumiy hisobda hisoblaydigan bo'lsak, "Lokomotiv" 2014 yil o'z uyida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berganidan beri oliy ligada ketma-ket 42ta uchrashuvdan beri yutqazmay kelayotgandi. Buni qarangki, "temiryo'lchilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga yana "Paxtakor" chek qo'ydi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика