Beylning agenti: “U “Real”dan ketishiga hech qanday sabab ko'rmayapman”
04 iyu 2020 20:00
Yangiliklar
Beylning agenti: “U “Real”dan ketishiga hech qanday sabab ko'rmayapman”
Madridliklar vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining “Real”dan ketmasligini takidladi.
“Har doim uning Madridda baxtli ekanlgini aytganman. U yaxshi hayot kechirmoqda. “Real”da ketishiga sabab ko'rmayapman. U hayotidan mamnun. Moliyaviy tomondan esa u nafaqat o'zini, balki farzandlari va nevaralarini ham taminlay oladi. Hozir u ketishni xohlamasa kerak deb o'ylayman”, deya qayd etgan Barnett.
Uelslikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan. Beyl joriy mavsum “qaymoqranlilar” libosida 18 o'yinda qatnashib, 3+2 ko'rsatkichga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar