"Beyl yana hammasini hal qildi. U hech qachon bizga pand bermagan" - Uels murabbiyi
22 noy 2022 12:22
Yangiliklar


"Beyl yana hammasini hal qildi. U hech qachon bizga pand bermagan" - Uels murabbiyi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rob Peyj JCH-2022 doirasidagi AQSH bilan o'yin (1:1) haqida fikr bildirdi.
Uels termasi xavbeki Garet Beyl 82-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi.
"Beyl yana hammasini hal qildi. U jamoaning asosiy penaltichisimi? Million foiz! U hech qachon bizga pand bermagan.
Biz xarakter, qatiyat ko'rsatdik va mag'lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi o'yinda mag'lub bo'lmaslik muhim edi. Yigitlarga fidoyilik uchun rahmat aytish kerak", – dedi Rob Peyj.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 5

Fikrlar