Beyl finaldan keyin jamoadan ketishi mumkinligini aytdi
27 may 2018 10:48
Yangiliklar
Beyl finaldan keyin jamoadan ketishi mumkinligini aytdi
ECHL finalining eng yaxshi futbolchisi Garet Beyl uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Asosiy tarkibga tushmaganimdan xafaman. Men asosiy tarkib uchun loyiq edim. Baribir, zaxiradan tushib ham jamoaga yordam bera oldim. Faoliyatimdagi eng chiroyli golni urdim, nazarimda. G'alabadan baxtliman.
Ko'proq o'ynashni, ilk daqiqalardan maydonga tushishni istayman. Agentim bilan yozda boshqa klublardan tushayotgan variantlar haqida o'ylab ko'raman", - dedi futbolchi.
Fikrlar