"Betis" Luis Enrike transferini elon qildi
15 mar 2022 20:43
Yangiliklar
"Betis" Luis Enrike transferini elon qildi
"Fluminense" prezidenti Mario Bittenkur hujumchi Luis Enrike yozda "Real Betis"ga o'tishini malum qildi.
21 yoshli braziliyalikning transfer narxi 13 million evroni tashkil qiladi. U "Fluminense" Libertadores Kubogi musobaqasidagi ishtirokini yakunlaganidan keyin "Real Betis"ga o'tadi. Enrike turnirda 3 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Enrike 2020 yilda "Fluminense" safida debyut qilgan. U klub safida jami 93 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
"Real Betis" Ispaniya chempionatining 28-turidan keyin 49 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar