"Betis" ikki karra CHempionlar ligasi sohibini ortga qaytardi
25 iyu 2023 17:50
Yangiliklar
"Betis" ikki karra CHempionlar ligasi sohibini ortga qaytardi
"Betis" klubi rasmiy saytida himoyachi Mark Bartra bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Tomonlar bir mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. Ispan klubi futbolchini erkin agent sifatida qo'shib oldi. Mark "Trabzonspor"ni tark etdi.
Bartra "Barselona" bilan birgalikda besh karra Ispaniya chempioni va ikki karra CHempionlar ligasi g'olibi bo'lgan. "Betis" tarkibida esa 2018 yildan 2022 yilgacha o'ynagan.
32 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urli va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar