So’nggi yangiliklar

"Betis" Bartra bilan shartnomani uzaytirmoqchi Yangiliklar

"Betis" Bartra bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Teglar :  Mark Bartra Betis
"Betis" rahbariyati ispan himoyachisi Mark Bartra bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, "Betis" vakillari 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Himoyachining "yashil-oqlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Betis" bosslari Bartraga yangi ikki yillik bitim taklif qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2018 yildan beri Sevilya klubida o'ynaydi. Mark Bartra joriy mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика