"Beshiktosh" sport direktori: "SHomurodov bo'yicha "Roma" bilan iyunda uchrashgan edik"
28 avg 2022 19:10
Yangiliklar
"Beshiktosh" sport direktori: "SHomurodov bo'yicha "Roma" bilan iyunda uchrashgan edik"
"Beshiktosh" "Roma" va O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor SHomurodovga qiziqish bildirgan.
Muzokaralar haqida "qora burgutlar" sport direktori Jeyxun Kazanchi gapirib berdi.
"Roma" bilan iyunda uchrashgandik. Ammo, keyinchalik boshqa forvardni xarid qildik. Yana bir nafar hujumchi kerak emas. "Beshiktosh" o'yinchiga xarid qilish huquqi bilan bir yillik ijara taklif qilgandi", — deydi Kazanchi.
O'zbekistonlik forvard "Roma"ga o'tgan yilning avgustida "Jenoa"dan 18 million evro evaziga o'tgan edi. Hujumchi o'tgan mavsum klub safida 39ta o'yinda 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.
SHomurodovning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar