So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  4 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

Bernardu Silva jurnalist tufayli APL chempionligi haqidagi fikrini o'zgartirdi Yangiliklar

Bernardu Silva jurnalist tufayli APL chempionligi haqidagi fikrini o'zgartirdi

Angliya Premer-ligasi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva SkySports muxbiriga intervyu berdi.

Uchrashuv davomida bir necha xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay, Pep Gvardiola shogirdlari bir ochko bilan kifolanishdi. "Liverpul" esa "Brayton"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, peshqadamga aylandi.

Ayni damda "Siti" "Liverpul"dan uch, "Arsenal"dan esa bir ochko ortda qolgan holda turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda.

"Kanonirlar"ga qarshi bahsdan so'ng "shaharliklar" yarim himoyachisi Bernardu Silva o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchi "Endi raqiblarimizni ochko yo'qotishini kutishga majburmiz. Biroq hali ko'p narsa o'zgarishi mumkin, chunki oldinda etti o'yin bor..." dedi.

Muxbir esa "Hali to'qqizta o'yin bor" deya uning xatosini tuzatdi.

Silva esa "Yo'g'-ey, to'qqiztami? Unda bizga yaxshi ekan. Biz chempionlik uchun kurashga qaytdik", deya hazillashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика