Berdiev ro'yxatni qachon elon qilishi malum
30 okt 2017 17:12
Yangiliklar
Berdiev ro'yxatni qachon elon qilishi malum
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasini BAAga qarshi o'yinga "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi.
Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston terma jamoasi yig'iniga taklif etiladigan futbolchilar ro'yxatini Oliy liganing 27-turidan keyin elon qilishini malum qildi.
Terma jamoa esa 10 noyabr kuni Toshkentda yig'inga kirishishi rejalashtirilgan.
Aynan BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi munosabati bilan Oliy liganing 28-tur o'yinlari rasman 16-17 noyabrdan 8-9 noyabrga ko'chirildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni mehmonda BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Oliy Liga 28-tur uchrashuvlari boshqa kunga ko'chirildi
Ro'ziqul Berdiev: "Terma jamoaga faqat munosib va loyiq futbolchilarni jalb qilamiz"
Fikrlar