Benzema "ishdan bo'shatgan" murabbiy Argentinaga yo'l oldi
05 avg 2024 12:17
Yangiliklar
Benzema "ishdan bo'shatgan" murabbiy Argentinaga yo'l oldi
Marselo Galyardo "millionerlar"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo Buenos-Ayresning "River Pleyt" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Malum qilinishicha, 48 yoshli Galyardo "millionerlar" bilan bir yarim mavsumlik, yani 2025 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Mutaxassis Karim Benzema bilan mojaroga borib, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini tark etganidan buyon ishsiz yurgandi.
Eslatib o'tamiz, Marselo Galyardo avval ham "River Pleyt"da ishlagan. Jamoa uning qo'l ostida ettita milliy, oltita qita va bitta xalqaro sovrinni qo'lga kiritgan, shuningdek, 2015 yilgi klublar o'rtasidagi JCH finalida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar