Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!
19 okt 2022 16:49
Yangiliklar
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, Abdixoliqovdan dubl!
Unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov dastlab 39-daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 46-daqiqada ham himoyachi, ham darvozabonni aldagan holda to'p kiritib, chempionatdagi umumiy gollari sonini 23 taga etkazib oldi. U to'purarlar ro'yxatida eng yaqin taqibchisi Xvashinskiy ("Minsk")dan 6 ta golga oldinda bormoqda.
Oliy liga
26-tur
Energetik-BGU – Belshina 3:1
«SOK Olimpiyskiy»
Gollar: 0:1 – 37, avtogol Makavchik, 1:1 – 39 Abdixoliqov, 2:1 – 46 Abdixoliqov, 3:1 – 85 Grishenko.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (CHul, 86), Silinskiy, Pliev (Grishenko, 40), Rilach (Turich, 65), Abdixoliqov, Papariga (Omelyanchuk, 88).
Belshina – Kolyadko, Slabashevich (Sokolovskiy, 59), Troyakov, Solanovich, Denisenko, Kuxarchik (Abdulmadjid, 63), Gomza, Vashkevich (Aleksandrovich, 67; Matlax, 85), Rodionov, Isa (Velisevich, 73), CHesnokov.
Ogohlantirishlar: Pashevich (23), Grishenko (45), Svirepa (50), CHesnokov (65), Makavchik (76), Gomza (77), Aleksandrovich (84).


SHunday qilib, "Energetik-BGU" "SHaxtyor" Soligorskdan 1 ochko kam jamg'arib, 51 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 24 oktyabr kuni Mogilyovning "Dnepr" klubiga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar