Belarus chempionati. Uch nafar o'zbekistonlik bilan o'yinni boshlagan "Energetik-BGU" ilk turda g'alaba qozondi, Abdiholiqov esa mavsumni dubl bilan boshladi
19 mar 2022 18:02
Yangiliklar
Belarus chempionati. Uch nafar o'zbekistonlik bilan o'yinni boshlagan "Energetik-BGU" ilk turda g'alaba qozondi, Abdiholiqov esa mavsumni dubl bilan boshladi
Belarus chempionatida yangi mavsum start oldi. "Energetik-BGU" 1-turda o'z uyida "Vitebsk"ni qabul qildi. Qayd etish kerakki, mezbonlar safida bir yo'la uch nafar o'zbekistonlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi: Bobir Abdiholiqov, Abduqodir Husanov (debyut), SHoxrux Abdurahmonov.
Deyarli uch nafar hamyurtimiz ham o'yinni to'liq o'tkazishdi (Abdiholiqov 90+4 daqiqada almashtirildi). Abduholiqov dastlab 66-daqiqada hisobni ochdi. O'yin yakuniga qadar 90+4 daqiqada penaltidan dubl qayd etdi ham va shu bilan o'yin yakuniga etdi.
Yana bir qiziq jihati, raqib safida ikki futbolchi (Lebedev 85 va Matveenko 90+3) qizil kartochka oldi.
"Energetik-BGU" — "Vitebsk" — 3:1
Minsk. RCOR-BGU stadioni
Gollar: 1:0 — Abdiholikov (66). 2:0 — Papariga (76, penaltidan). 2:1 — Yarockiy (82). 3:1 — Abdixoliqov (90+4, penaltidan).
"Energetik-BGU": Makavchik — Abdurahmonov, Silinskiy, Rilach, Abdiholiqov (Kunskiy, 90+4), Svirepa (s) (Samotoy, 73), Papariga (Grishhenko, 87), Husanov, Lukashevich, Lavrik.
Zaxira: Rusanov, Kleshhuk, Pashevich, Burko, Mixaylov, Savchenko.
"Vitebsk": Gushenko — Veretilo, Volkov, Rassadkin (Skibskiy, 67), Sakovich, Teverov, Skitov (s), Lebedev, Glinskiy (Matveenko, 79), Krasnov (Lisovskiy, 75), Ksenofontov (Yarockiy, 75).
Zaxira: Baranok, Julio Sezar, Xaritonov, Bugreev.
Ogohlantirishlar: Papariga (31), Teverov (57), Sakovich (89).
CHetlatishlar: Lebedev (84), Matveenko (93+).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar