So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Bekzod Tolibov blogi. "Neftchi" murabbiylar shtabida o'zgarish bor Yangiliklar

Bekzod Tolibov blogi. "Neftchi" murabbiylar shtabida o'zgarish bor

SHu kunlarda "Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovning ham istefosi haqida ham gap-so'zlar ko'p aylanayapti.

3 yillik tanaffusdan so'ng jamoani yana Superligaga qaytargan ushbu mutaxassisning yuqori ligadagi natijalari chindan ham ko'ngildagidek emas. 8 ta tur, 1 g'alaba, 2 durang, 5 mag'lubiyat. "Neftchi" hozirda jami 5 ochko jamg'argan va to'plar nisbatiga ko'ra musobaqa jadvalining so'ngi pog'onasini egallab turibdi.

Aytishlaricha, "Neftchi" murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan. Hozirga qadar jamoada Ilhom Mo'minjonovga yaqindan yordam berib kelgan murabbiy Vladimir Andreev klub bilan xayrlashgan. Bunga qoniqarsiz natijalar sabab bo'lganmi, yoki boshqa biron gap bormi, bunisi bizga qorong'u. Ayni vaqtda jamoada uning o'rni kim bilan to'ldirilgan, bundan ham xabarimiz yo'q.

"Neftchi"ning "Olimpik" bilan o'yin oldidan so'ngi rasmiy rasmiy mashg'ulotini stadiondan kuzatdim. Qiziq jihati, jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov mashg'ulot davomida futbolchilar bilan tengma-teng ishladi. Odatda futbol klublarida mashg'ulotlar yordamchi murabbiylar tomonidan amalga oshirilar edi, bosh murabbiy esa vaziyatni chetdan kuzatib turardi. Ilhom Mo'minjonovning mashg'ulotlarda o'zi ishlashi balki yordamchi murabbiy Vladimir Andreev jamoani tark etgani bog'liq bo'lishi ham mumkin.

Mo'minjonov "Olimpik" bilan o'yin yakunida o'tkazilgan matbuot anjumanida bejizga "O'tgan mavsum osmonda edik, bu yil pastda yuribmiz" deya takidlamadi. CHunki, o'tgan yili Pro-ligada ijobiy natijalar tufayli muxlislar bosh murabbiyni olqishlayotgandi, bu yil esa aksi bo'layapti. Muxlislarni ham to'g'ri tushunish lozim, ularga natija kerak, g'alaba zarur. Harxolda "Neftchi" 5 karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan shonli klub ekanini sizu-biz yaxshi bilamiz. Klub rahbariyatining shu kunlarda bosh murabbiyni almashtirish rejasi bo'lsa, unda jamoaga taklif etiladigan murabbiy Ilhom Mo'minjonovdan bir bosh ustun bo'lishi lozim. Goh u klubda, goh bu jamoada paydo bo'ladigan navbatchi murabbiylarning brendi yuqori bo'lgan Farg'ona jamoasiga kelishi yarashmaydi. Yoki Mo'minjonovning o'ziga imkon berib ko'rish kerakdir, balki jamoa o'z o'yinini topib olsa, natijalar yaxshi bo'lib ketar.

Ochig'i, kecha istefosi elon qilingan SHuhrat Maqsudovga va natija ko'rsataman deb mashg'ulotlarda futbolchilar bilan tengma-teng ishlayotgan Ilhom Mo'minjonovlarga achinib ketayapman. Nachora, murabbiylikning qismati shunday, futbolda xatto Joze Mourinyu ham istefoga chiqishi mumkin.

Bekzod Tolibov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика