So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Bekzod Qodirqulov: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik mag'lubiyatga olib keldi" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik mag'lubiyatga olib keldi"

Pro liganing 23-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Yangier" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin jangovar ruhda kechdi. So'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qotishimiz natijasida gol o'tkazib yubordik. Alamli mag'lubiyatga uchradik. "SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin davomida juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Agar imkoniyatlarni golga aylantirganimizda, hammasi boshqacha bo'lardi. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz mag'lubiyatga olib keldi. Yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi", – deydi Bekzod Qodirqulov.

- O'tkazib yuborilgan gollarda kimning aybi ko'proq? Darvozabon yoki himoyachi?

- Hozir kimnidir ayblash noto'g'ri. Mag'lubiyatga uchradimi, demak, murabbiy qaerdadir xatoga yo'l qo'ydi. Birinchi bo'limni yutdik. Ikkinchi bo'limda xarakter ko'rsatishimiz kerak edi. Tajribali futbolchilar yoshlarni o'z ortlaridan ergashtirishlari kutilgandi. Oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollarda to'g'ri poziciya tanlay olmadik. Orqa himoyachimiz follar qilishni boshlagach, uni almashtirdik. O'rniga boshqa himoyachi tushgach, xatolar ko'paydi. "SHo'rtan" kerakli daqiqalarda gol urdi. 

- Yodgor Nazarov juda asabiy holatda almashtirish so'ragani nima bilan bog'liq?

- U orqa oyoq mushaklarini jarohatlab oldi. SHu sababli o'zini almashtirishni so'radi. 

- "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda qaysi jihatlari bilan ustunlik qildi?

- Hisobda ortda borayotgan "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda hujumga o'tishi aniq edi. Har qanday jamoa bunday pallada faollikni oshiradi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirdi. Insonmiz hammada xato bo'ladi. Biz faqat o'z jamoamiz haqida gapiramiz. Ayol kishi to'g'ri hakamlik qiladigan bo'lsa, marhamat qilaversin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика