So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Bekzod Qodirqulov: "Oy oxirida barcha bilan to'liq hisob-kitob qilinadi degan umiddamiz" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Oy oxirida barcha bilan to'liq hisob-kitob qilinadi degan umiddamiz"

Teglar :  Bekzod Qodirqulov
Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Yangier" (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham o'tgan turlarda yutqazgandi va shu bois bugun g'alaba uchun maydonga tushishdi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. "Aral" asosan bo'ydor hujumchilarga uzun pas berish orqali o'ynashini bilardik, bunga tayyor edik. Tezkor gol ham bizga yordam berdi. Ketma-ket mag'lubiyatdan keyin bugungi g'alaba yigitlarga yaxshi kayfiyat olib keldi. Avvalo bu g'alabani sirdaryolik va yangierlik futbol muxlislariga bag'ishlaymiz", - deydi Bekzod Qodirqulov.

- "Yangier" bugun nimaning hisobiga g'alabaga erishdi?

- Bugun futbolchilarim oxirgi o'yinga chiqqandek o'ynashdi. Barcha o'yinchilarim bir jamoa bo'lib o'ynadi.

- "Yangier"ning hozirgi maqsadi qanday?

- "Yangier" doim o'z oldiga har bir bahsda g'alaba qozonish uchun o'ynaydi. Keyingi yilga tayyorgarlikni hozirdan boshladik. Yigitlar buni his qilib turishibdi.

- Klubning moliyaviy holati qanday?

- Barchasi joyida, oylik va maoshlar o'z vaqtida berib borilmoqda. Klubimiz rahbari Mahmud aka SHerqulovga rahmat aytaman. Har tomonlama yordam berib turibdilar. O'zlari vada bergandek oy oxirida barcha bilan to'liq hisob-kitob qilinadi degan umiddamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика