So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

Bekzod Qodirqulov: "G'alabaga "Xorazm"dan ko'ra biz yaqinroq edik" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "G'alabaga "Xorazm"dan ko'ra biz yaqinroq edik"

Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Yangier" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.





"Jangovar o'yin bo'ldi. Durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham harakat qildi. Oldingi mag'lubiyatdan keyin "Xorazm"ni yaxshilab o'rgandik, "Aral Samali"ni safarda yutganimizdan keyin yigitlarimizning ruhiyati ko'tarildi. Bugun ham g'alabaga biz yaqinroq kelgandik, ikkinchi taymda ko'p vaziyatlar bizda bo'ldi, ammo yakuniy zarbada xatolar qildik.

"Xorazm" biz uchun noqulay raqib, bu jamoada yaxshi o'yinchilar jamlangan. Pastki to'rtlikda aynan "Xorazm"ning tarkibi kuchliroq, shu bois bu jamoaning ochkolari ko'proq.

Legionerlar mavsum boshida 4 nafar edi, birinchi davradan keyin ikki legionerdan voz kechdik. Hozir tarkibimizda qolgan Landri va Jeromning o'yinlari bizni qoniqtirmoqda. Ularga keyingi yil uchun ham shartnoma taklif qilamiz.

Moliyaviy holatimiz barqaror, bugungi o'yinga ham mukofot puli berilishi aytilgandi. Yigitlar oyliklardan nolishgani yo'q.

Muhammadqodir Rahimberganov yosh, kelajagi porloq futbolchi. Bugun zaxiradan maydonga tushib, jamoamizga muhim ochko keltirdi. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p, ularga doim imkoniyat beramiz", - deydi Bekzod Qodirqulov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика