Beylning izdoshlari (foto+video)
13 mar 2014 18:31
Yangiliklar

Beylning izdoshlari (foto+video)
“Real Madrid” hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl va “Manchester Yunayted”ga tegishli bo'lgan Vilfrid Zaani nima bog'lab turadi?
Yo'q, bu “Zakovat” teleo'yini yoki BMLning navbatdagi soni emas. SHuning uchun javobni sizdan talab qilib o'tirmayman va o'zim aytaqolaman. Ular o'z vaqtida Angliya quyi futbol ligalarida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan The Football League Awards sovriniga ega chiqishgan.
Angliya quyi ligalarida ham Premer-liga darajasidagi jamoalar, Premer-liga darajasidagi futbolchilar talaygina. Ayniqsa istedodli yoshlar ko'plab topiladi. Ana shunday mahoratli yosh futbolchilarni taqdirlash uchun inglizlar mana shu marosimni o'tkazishadi.
Bir necha kun ilgari The Football League Awards 2014 g'olibligiga nomzod futbolchilarni malum qildi. G'olib nomi 16 mart kuni elon qilinadigan marosim oldidan sizlarni ushbu nomzodlar bilan tanishtirib o'tamiz.
Yaxshilab eslab qoling. Balki ulardan biri yangi Beyl bo'lib, jahonning eng mashxur futbolchilaridan biriga aylanar. Kim bilsin?
Uill Xyuz (Derbi Kaunti)
Ingliz futbolidagi eng ko'p muhokama qilinayotgan yosh futbolchilardan biri bo'lib turgan ushbu yigit so'nggi ikki mavsum davomida “Derbi”ning ajralmas bir bo'lagiga aylanishga ulgurdi. Hayratlanarli joyi shundaki, u endigina 19 yoshga kirdi. Hozirgi paytda o'zini hurmat qiladigan har bir ingliz klubi ushbu futbolchi haqidagi malumotlarni yig'ib qo'ygani aniq.
Uill yuqori texnikaga ega, qaror qabul qilishda o'ta jasur va hujumni kerakli yo'nalishda rivojlantira oladigan yigit. CHempionship doirasidagi 31 o'yinda u 51ta kesuvchi pas berib, hujumlar samarali yakunlanishga sababchi bo'lgan. Katta ehtimolki, shu yozdayoq bu futbolchi uchun Angliyaning grand klublari kukrashni boshlab yuborishadi.
U haqida “Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karreger shunday deydi: “Uill Xyuzning obro'si haftadan haftaga oshib boryapti. Uniing maydonda o'zini tutishi, to'p bilan qanday muomala qilishi, uning qanday yorqin kelajak kutayotganini bildirib turibdi”.
Liem Mur (Lester Siti)
Lafboro shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda tavallud topgan Mur o'z orzularini ro'yobida yashayapti, desak xato bo'lmaydi. U bolaligidan muxlislik qiladigan klub sharafini himoya qilmoqda va bu ishni juda muvaffaqiyatli amalga oshiryapti.
O'tgan mavsum avvalida “MYU” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson uni “qizil iblislar” tarkibiga qo'shib olishga uringandi. Biroq “Lester” murabbiyi futbolchini qo'yib yubormadi. 21 yoshli futbolchining o'yinidagi o'sish yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. U juda katta temp bilan qisqa vaqtda klub asosiy tarkibidan muqim o'rin egalladi.
SHuningdek, Liem Angliya yoshlar terma jamoasi (U21) azosi ham hisoblanadi. 2013 yil sentyabrida u Futbol Ligasidagi oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. Uning boshqa jamoaga o'tish-o'tmasligidan qatiy nazar ushbu futbolchining o'yinlarini kelasi mavsumda premer-liga doirasida kuzatib borish imkoniga ega bo'lishimiz katta ehtimol. CHunki "Lester" elita yo'llanmasini deyarli hal qilib qo'ydi.
Lester Siti bosh murabbiyi Naydjel Pirson u haqida: Bu mavsumda u juda yaxshi o'yin namoyish etyapti. Unga imkon berildi va ushbu taqdim etilgan imkoniyatdan ajoyib tarzda foydalandi. Mavsum oldidan ko'pchilik uni jamoa tarkibiga kirishib keta olmaydi deb o'ylagandi. Mur hali juda yosh va shuning uchun Ues Morgandek tajribali futbolchi bilan bir jamoada o'ynayotgani uning baxti. Bu esa Murning yanada jadallik bilan o'sishiga turtki bo'ladi.
Aleks Pritchard (Suindon Taun)
Uzoq muddatga “Suindon Taun” klubiga “Tottenxem” tomonidan ijaraga berilgan hujumkor yarim himoyachi Pritchard, nima uchun uning narxini “shporlar” bu qadar yuqori baholaganini namoyish etib bermoqda. U “Suindon”ning hujkmlarini tashkil etishdagi muhim bo'lak hisoblanadi.
U hujumchilarni doimiy ravishda o'z vaqtida berilgan kesuvchi paslari bilan taminlab turadi. SHu bilan birga o'zi ham gol urishni yoqtiradi. Ushbu mavsumda shu paytga qadar 7ta golga muallifllik qilgani ham yarim himoyachi ajoyib formada ekanini ko'rsatib turibdi.
Yaqinda 20 yoshga to'lganiga qaramay, u o'z klubining eng asosiy futbolchilaridan biridir. SHuningdek, Angliya yoshlar terma jamoasi azosi hisoblanadi.
Suindon Taun bosh murabbiyi Mark Kuper u haqida: Texnik nuqtai nazardan Pritchard ajoyib futbolchi. U kichkinagina bo'lishiga qaramay, juda chaqqon va tezkor. Raqiblar unga yaqinlashishdan cho'chiydilar. O'zi esa gavdasi tuzilishidan unumli foydalanib, raqiblar orasidan yorib o'tib keta oladi.
Ushbu futbolchilarning har biri eng yaxshi deb topilishga loyiq. Qay biri tengsiz deb topilishini esa 16 mart kuni bilib olamiz.
Quyida esa avvalgi yillarda ingliz quyi futbol ligalarida eng yaxshi yosh futbolchilari ro'yxatni keltirib o'tamiz.
• 2006: Devid Nyudjent (Preston Nort End)
• 2007: Garet Beyl (Sautgempton)
• 2008: Maykl Kaytli (Vulverxempton Uonderers)
• 2009: Fabian Delf (Lids Yunayted)
• 2010: Nataniel Klayn (Kristal Pelas)
• 2011: Konnor Uikxem (Ipsvich Taun)
• 2012: Vilfrid Zaxa (Kristal Pelas)
• 2013: Tomas Ins (Blekpul)
sports.ru sayti asosida Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar